Innovatsiya vazirligi loyihalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3682-sonli Qaroriga muvofiq har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalarini va xalqaro innovatsion-investitsion forumlarni o‘tkazish hamda 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni, investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda bir qator mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “InnoWeek ” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazish belgilangan.
"InnoWeek" - innovatsion g‘oyalar haftaligi, O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari bilan potensial sarmoyadorlar muloqot qilishlari uchun platforma yaratishga qaratilgan mukammal tadbir hisoblanadi.
Yangi ichki va xorijiy texnologiyalarni namoyish etish, aholi hayot darajasini yaxshilash va yangi texnologiyalar almashinuvi orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lgan yangi investitsion imkoniyatlarni jalb qilish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad sanaladi.
Haftalikda mahalliy innovatsion ishlanmalar va xalqaro zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Bunday ko‘rgazmalarning ahamiyatli jihati, aksariyat, yurtdoshlarimiz mamlakatimizda ixtiro qilinayotgan innovatsiyalardan xabardor emas. Haftalik doirasida yurtimizning ilm ahlini va ixtirochilarining faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ladi.
"INNOWEEK"dan ko‘zlangan maqsadlar:
- davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik sub’ektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari va shu bilan birgalikda, iqtisodiyotning real sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi sarmoyador fondlari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlash;
- O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar transferi jarayonini, shuningdek, iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni real sektor korxonalarida ishlab chiqishni amalga oshirish natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni ta’minlash orqali ichki innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalashda va ishlab chiqishda va joriy etishda sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish;
- sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- xalqaro investitsion forumlar, davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
- ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va ixtirochilik g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari uchun doimiy faoliyat ko‘rsatadigan va to‘ldirilgan axborot bankini yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |