3-rasm.
Riskning asosiy xususiyatlari.
12
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko’rinishdagi qarorlarni tezlik bilan
tanlashda namoyon bo’ladi. Tanlash lozim bo’lmagan joyda riskli jarayonlar ham
vujudga kelmaydi va risk bo’lmaydi.
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya’ni kutilmagan holatlar bilan bog’liq. Uning
yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo‘lib qolaveradi.
Albatta, riskning tasnifiy belgilari, turlari va kichik turlari tahlilini davom ettirish
mumkin, lekin bu asosan turli tadqiqotchilar va mutaxassislarning fikrlarini takror
sanab o’tishga olib kelib, bu qanday yondashuv, qanday tasnif asosiy hisoblanadi va
u risk darajasi kamayishiga qay darajada imkon beradi, degan asosiy savolga javob
bermaydi.
Shu bois, faqatgina riskning mumkin bo’lgan chegarasi mezoniga to’xtalib
o’tamiz.
Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan risk deganda, riskning o’rtacha darajasi
chegarasidagi risk darajasi, ya’ni, boshqa faoliyat turlari va boshqa xo’jalik
yurituvchi subyektlarga nisbatan o’rtacha darajasi tushuniladi.
Agar biz R – orqali iqtisodiyotda o’rtacha risk darajasini va
𝑅
𝐷
– orqali yo’l
qo’yish mumkin bo’lgan risk darajasini ifodalaydigan bo’lsak, u holda quyidagi
tengsizlik o’rinlidir:
𝑅
𝐷
12
Sh.Q.Fozilchayev, N.G’.Xidirov. Moliyaviy risklar nazariyasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2019.
Riskning asosiy xususiyatlar
i
Qarama-qarshilik
Noaniqlik
Alternativlik
14
Kritik risk
𝑅
𝑘𝑟
deganda darajasi o‘rtachadan yuqori, lekin mazkur iqtisodiy
tizimda faoliyatning muayyan turlari uchun riskning
𝑅
𝑚𝑎𝑥
maksimal mumkin
bo‘lgan qiymati chegarasida bo‘lgan risk tushuniladi, ya’ni:
𝑅
𝐷
< 𝑅
𝑘𝑟
< 𝑅
𝑚𝑎𝑥
Halokatli risk
𝑅
ℎ𝑎𝑙
– bu shunday riskki, u mazkur iqtisodiy tizimda yuzaga
kelgan
𝑅
𝑚𝑎𝑥
maksimal risk chegarasidan ortib ketadi va uning uchun quyidagi shart
bajariladi:
𝑅
ℎ𝑎𝑙
> 𝑅
𝑚𝑎𝑥
Iqtisodiy risk paydo bo’lishi uchun xarakterli sabab noaniqlik hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yoki sodir
bo’lmaydigan hodisani o’zida aks ettiradi. Bunday hodisa sodir bo’lgan holatda,
uchta iqtisodiy natija ehtimol qilinadi: salbiy (zarar, ziyon, boy berish), nolli, ijobiy
(foyda, daromad, yutuq).
Riskli vaziyat esa statistik jarayonlar va unga hamrohlik qiluvchi quyidagi
shartlar bilan bog’liq: noaniqlik mavjudligi, muqobilni tanlash zarurligi va bunda u
yoki bu variantni amalga oshirish ehtimolini sifat va miqdor jihatdan baholash
imkoniyati.
Qandaydir iqtisodiy tizim faoliyatini ko’rib chiqar ekanmiz, unga turli sohalarda
va rivojlanishining turli bosqichlarida har doim noaniqlik hamroh bo’lishini hisobga
olish zarur.
Iqtisodiy tizimlar faoliyatida noaniqlik mavjudligi risklar yuzaga kelishini
taqozo etib, ularni hisobga olmasdan iqtisodiyot samarali rivojlanishi mumkin emas.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |