Risk va minimallashtirish texnologiyalari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana07.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#329280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5240355843425177939

Risklarni  saqlash

  zararlarni  kompensatsiyalashga  yo‘naltirilgan  har  qanday 

ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga 

mo‘ljallangan  maxsus  rezerv  fondlarini  tashkil  qilish  (o‘z-o‘zini  sug‘urtalash). 

Riskka  ta’sir  etishning  oxirgi  usuli  o‘z-o‘zini  sug‘urtalash  nomini  olgan.  Risk 

saqlanishi  holatida  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlarga  yana  zararlarni 

kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat 

dotatsiyalarini olish va b. kiradi. 

Risklarni  o‘tkazish  bo‘yicha  choralarga  mavjud  daraja  saqlangan  holda  u  uchun 

javobgarlikni  uchinchi  shaxslarga  o‘tkazish  tushuniladi.  Ularga  ma’lum  to‘lov 

asosida  riskni  sug‘urta  kompaniyasiga  o‘tkazishni  nazarda  tutuvchi  sug‘urtalash, 

shuningdek  turli  xildagi  moliyaviy  kafolatlar,  kafilliklar  va  b.  kiradi.  Riskni 

o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini 

kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar 

(shartnomalar,  savdo  bitimlari  va  b.)  matniga  kiritib  qo‘yish  bilan  ham  amalga 

oshirilishi mumkin. 

Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning 

barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo 

bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish  hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy 

va  mehnat  resurslari  aniqlanadi,  menejerlar  o‘rtasida  vazifalarni  aniqlash  va 

taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar 

bilan maslahatlar o‘tkaziladi. 

Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda 

va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish 




36 

 

natijalarini  nazorat  va  tahrir  qilish  hisoblanadi.  Nazorat  menejerlardan  ko‘rilgan 



zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari 

haqida  axborot  olishdan  iborat.  Olingan  natijalar  tahlili  va  ishlovi  muntazab 

o‘tkazilib turilishi lozim. 

Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi. 

Haqiqatdan ham, sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan 

usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha qolmoqda. Bugungi 

kunda  AQSh,  Yaponiya,  Germaniya  kabi  rivojlangan  yirik  mamlakatlarda  yillik 

sug‘urta  mukofotlarining  to‘lovlari  yalpi  ichki  mahsulotining  7-9%ini  tashkil 

qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari sug‘urta bilan qamrab 

olingan:  tibbiy  sug‘urta,  hayot  sug‘urtasi,  mulkiy  sug‘urta,  yuklarni  sug‘urtalash,  

foyda  sug‘urtasi,  bankrotlik  sug‘urtasi,  fuqarolik  javobgarligining  har  xil  turlari. 

Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal qilmaydigan soha topilmaydi, undan 

tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli mamlakatlarda majburiy hisoblanadi. 

Biroq,  bozor  iqtisodiyotiga  yangi  o‘tgan  mamlakatlarda,  shu  jumladan 

O‘zbekistonda  ham  sug‘urta  bo‘yicha  holat  quvonarli  emas.  Bu  shu  bilan 

izohlanadiki,  hali  hanuz  iqtisodiyotni  markazlashgan  holda  boshqarish  orqali 

noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab- quvvatlash va aholiga yordam 

ko‘rsatish  uchun  sarflanishga  mo‘ljallangan  davlat  rezervlarini  shakllantirilishi 

tushunchasining mavjudligidir. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  qo‘llab-quvvatlashlari  hajmi  ko‘p  martaga 

qisqaradi.  Korxonalarning  o‘zlari  qiyinchilik  holatlarida  ko‘riladigan  zararlarni 

bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda sug‘urta 

eng  qulay  va  bozor  nuqtai  nazaridan  mukammal  bo‘lgan  mexanizmlardan 

hisoblanadi. 

 

 

 




37 

 

Xulosa 

Mamlakatimiz  inson  manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  yuksak  qadriyat  bo‘lgan 

ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 

va  fuqarolik  jamiyat  barpo  etish  yo‘lidan  izchil  rivojlanib  bormoqda. 

Iqtisodiyotimizning  turli  soha  va  tarmoqlari  o‘rtasidagi  mutanosiblikning 

kuchayishi  hamda  barqaror  o‘sish  sur’atlarining  ta’minlanishi  natijasida  aholi 

daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan 

ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. 

Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng 

avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga 

qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada 

ortib  borayotgani,  yaratilayotgan  mahsulot  va  ko‘rsatilayotgan  xizmat  turlarining 

ko‘payib,  sifatining  tubdan  yaxshilanib  borishi,  bir  so‘z  bilan  aytganda, 

iqtisodiyotimizning  yangicha  mazmun  va  mohiyat  kasb  etib  borishida  mustaqil 

taraqqiyot  yo‘lining  to‘g‘ri  tanlangani,  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  siyosat 

strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona 

mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona 

maqsad  –  yurt  tinchligi  va  ravnaqi,  xalqimiz  farovonligi  yo‘lida  jamiyatimizning 

doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib 

o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. 

Bugungi  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoiti  davrida    iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  quroli  bo`lgan  bozor  asoslarining  ahamiyati  ortib 

bormoqda.  Hozirda  bozor  operatsiyalarini  amalga  oshirish  jarayonlarida  turli 

risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalardan hisoblanadi. 

Atrofimizni o’rab turgan olam mavjud ekan, uning tarkibi risklardan mavjud desak 

ham bo’ladi. Misol uchun, tabiatda uchrab turadigan o’zgarishlar, hayotimizda sodir 

bo’ladigan hodisalar bularni bari risklarni keltirib chiqaradi. 




38 

 

Iqtisodiyotda mavjud risklarni ko’radigan bo’lsak:  Korxona riskni iqtisodiyotning 



boshqa ob’yektlariga qisman ko’chirishga haqli, ammo undan to’liq qochib qutula 

olmaydi.  Bu  aniq  ko’rib  chiqilgan:  risk  qilmagan  yutmaydi.  Boshqacha  qilib 

aytganda, foyda olish uchun tadbirkor ongli ravishda tavakkal qilgan qarorni qabul 

qilishi kerak. Ishonch bilan aytish mumkinki, noaniqlik va risk rejalashtirilgan va 

haqiqiy o’rtasidagi ziddiyatni o’z ichiga olgan tadbirkorlik faoliyatida juda muhim 

rol o’ynaydi, ya’ni biznesni rivojlantirish manbai. 

Risklarni tahlil qilishda va baholashda noaniqlik va risk sharoitida qarorlarni qabul 

qilishning matematik vositalari, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, statistik 

qarorlar nazariyasi, matematik dasturlash usullaridan foydalanish mumkin. 

Riskni oldini olish va kamaytirishning eng keng tarqalgan, keng qo’llaniladigan va 

samarali  usullari  quyidagilardir:  diversifikatsiya  qilish,  sug’urta  qilish,  cheklash, 

mablag’arni zahiralash, tanlov va natijalar to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish. 

Muayyan  korxona  uchun  riskni  kamaytirish  bo’yicha  to’g’ri  boshqaruv  qarorini 

qabul qilish, albatta, nafaqat korxonaning tashqi, balki ichki muhitini ham malakali 

ravishda  amalga  oshirilgan  tahlil  ma’lumotlariga  asoslanadi,  ya’ni  moliyaviy-

xo’jalik faoliyatini tahlil qilish. 

Risklarni sug’urtalash bu yuzaga keladigan zararlarni yoki kelajakda kutilayotgan 

xavflardan  o’zini  himoya  qilish  demakdir.  Sug’urta  to’la  qonlicha  bu  xavflardan 

qutilishga  yordam  bermasada,  ammo,  uni  kamaytirishga  yordam  beradi.Shunday 

ekan  sug’urta  sohasini  rivojlantish  va  uni  kengaytirish  nafaqat  iqtisodiyot  uchun 

balki, inson omili uchun ham foydalidir.  

 

 



 

 

 




39 

 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish