Risklarni boshqarish, risk-menejment (ingl. risk management) —noqulay (salbiy) natijalarni yuzaga kelish ehtimolligini kamaytirish va ehtimolli yo‘qotishlarni minimallashtirishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish vabajarish jarayoni
Moliyaviy risk menejmentining alohida faoliyat sohasi sifatida paydo bo’lishi taxminan 40 yillik tarixga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu sohani paydo bo’lishi 1973-yildagi 3 ta muhim voqeiliklar bilan bog’liq: - Qat’iy belgilangan valyuta kurslar siyosatining tugashi (Bretton-Vuds tizimining qulashi); - Chikago opsionlar birjasi ish faoliyatini boshlanishi (Chicago Board Options Exchange); - Amerika iqtisodchilari Blek, Shoulz va Mertonlarning opsionlar qiymatini hisoblash modeli (yevropacha) nashr etilishi.