Risk bо‘yicha shartnomalar va axborot almashish. Reja: Operatsion protseduralar va majburiyatlar



Download 73,36 Kb.
bet6/22
Sana27.02.2023
Hajmi73,36 Kb.
#914999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
8. Risk bо‘yicha shartnomalar va axborot almashish

Unumdorlikni boshqarish: Axborotga ishlov berish tizimlarning zarur bо‘lgan unumdorligini ta’minlash uchun aktivlardan foydalanishni nazorat qilish, ularni tо‘g‘rilash, shuningdek, prognoz asosida ularni yuklashda bо‘lg‘usi ehtiyojlarni aniqlash kerak.
Faoliyatning har bir yangi va kundalik turi uchun quvvatlarga qо‘yiladigan talablar belgilanishi kerak. Zarur bо‘lgan joylarda tizimlardan foydalana olish imkoniyatini va ishlash samaradorligini oshirish uchun ularni sozlash va monitoringini о‘tkazish kerak. Muammolarni о‘z vaqtida aniqlash uchun rо‘yxatdan о‘tkazuvchi boshqarish vositalaridan foydalanish kerak. Bо‘lg‘usi quvvatlarga qо‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda yangi funksional va tizim talablarini, shuningdek, tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning joriy va istiqboldagi rejalarini e’tiborga olish kerak.
Ularni ishga tushirishda alohida e’tiborni katta moliyaviy xarajatlar va vaqt talab qiladigan aktivlarga qaratish kerak; binobarin, rahbariyat asosiy tizim aktivlaridan foydalanishni nazorat qilishi kerak. Rahbariyat biznes-ilovalar yoki axborot tizimini boshqarish vositalarini qо‘llab-quvvatlashi uchun juda muhim bо‘lgan kompyuter resurslaridan foydalanishda umumiy ehtiyoj va tendensiyalarni belgilashi kerak.
Rahbarlar bu axborotdan tizim xavfsizligi yoki foydalanuvchilar servislariga tahdid soluvchi potensial zaif joylarni identifikatsiya qilish va bartaraf etish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha tegishli tadbirlarni rejalashtirish maqsadida foydalanishlari kerak.
Tizimlarni qabul qilish: Tizimlarni qabul qilishdan avval yangi va modernizatsiya qilingan axborot tizimlarini, dasturiy ta’minot yangi versiyalarining qabul qilish mezonlari aniqlanishi, shuningdek ular zarur bо‘lgan testdan о‘tkazilishi kerak.
Yangi tizimlarni qabul qilish uchun talab va mezonlar aniq belgilangan, kelishilgan, hujjatlari rasmiylashtirilgan va sinalgan bо‘lishi kerak. Modernizatsiya qilishning yangi axborot tizimlari va yangi versiyalari faqat rasmiy qabul qilish tugatilganidan sо‘ng sanoatga oid ekspluatatsiya qilish uchun о‘tkazilishi kerak. Rasmiy qabul qilishdan oldin quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) kompyuter quvvati va unumdorligiga qо‘yilgan talablarning bajarilishini baholash;
b) tо‘xtab qolish va qayta ishga tushirishdan sо‘ng qayta tiklash protseduralarini belgilash, shuningdek uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini tuzish;
c) namunaviy operatsion jarayonlarni tayyorlash va ularni belgilangan standartlarga muvofiqligini testdan о‘tkazish;
d) axborot xavfsizligini boshqarish vositalarining zarur bо‘lgan tо‘plamining mavjudligi;
e) protseduralar bо‘yicha samarali qо‘llanmalar ishlab chiqish;
f) 14.1-band talablariga muvofiq uzluksiz ishni ta’minlash;
g) yangi tizim tomonidan mavjud tizimlarga nojо‘ya ta’sir yо‘qligini majburiy tekshirish, ayniqsa maksimal yuklanganda, masalan oyning oxirida;
h) yangi tizim tomonidan tashkilotning umumiy xavfsizligiga kо‘rsatilayotgan ta’sirining tahlilini о‘tkazishni nazorat qilish;
i) yangi tizimlarni ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish uchun xodimlarni malakali tayyorlashni tashkil qilish;
j) foydalanishning oddiyligi, chunki bu xodimning mehnat unumdorligiga ta’sir qiladi va insoniy omil xatolarini bartaraf qiladi.
Yangi tizimlarni ishlab chiqishning barcha bosqichlarida maslahatlashish uchun saqlab turish (ekspluatatsiya qilish) xizmatlari va loyihalashtirilayotgan tizimning samarali ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida foydalanuvchilar jalb etilishi kerak. Bunda qabul qilishning barcha mezonlari tо‘liq qoniqtirilganligini tasdiqlash uchun tegishli testlar о‘tkazilishi kerak.
Xavfsizlik talablariga kerakli e’tibor qaratilayotganligini tekshirish uchun qabul qilish о‘z ichiga sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishning rasmiy jarayonini kiritishi mumkin.



Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish