Darsning borishi. I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantiriladi.
III Yangi mavzu bayoni
1 -misol. 1) Velosipedchi 48 km masofani soatiga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchi bir soatda necha kilometr yo‘l bosgan?
Samolyot 10 minutda 110 km masofani uchib o‘tadi. Samolyot har bir minutda necha kilometr masofani uchib o‘tadi? Yechim: 110:10=11 Javob:11km
3) Quyidagi ifodalar nimani bildirishini tushuntiring:
a) piyodaning tezligi 5 km/h;
b) poyezdning tezligi 60 km/h;
d) mototsiklchining tezligi 45 km/h;
e) kosmik kema 7 260 m/s tezlik bilan uchadi.
2-misol.
1) Vertolyot har bir soatda bir xil masofani uchib, 2 soatda 460 km m asofani o‘tdi. U qanday tezlik bilan uchgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |