6
ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini
tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda
oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning
ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika
ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish
to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar
va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga,
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda o‘rganish va
ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan
namunaviy binoni yoxud
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ
talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino
qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar
moliya
boshqarmalarining
ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq
quyidagi (I—VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar
uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-
internatlar (1, 2-bo‘lim);
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;
7
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-
internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-
internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Zarur
hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar
va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi
(keyinchalik ko‘r bo‘lgan) bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish
majburiy shart hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan bolalar uchun
ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yil muddatli, o‘z
faoliyatini
ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-
huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: