1.3.O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsonlari bo‘lgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa —
ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
ta’lim muassasalariga qatnamagan
—
maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.
Bolalarni
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalariga
yuborish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil
8
etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-
tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning
o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab,
tayyorlov guruhlariga esa — 5—7 yoshdagilar qabul qilinadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim
olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan
yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-
onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik
organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim
etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va
davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-
atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan,
uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
9
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida
ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar
uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar
uchun- batafsil tashxisi);
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni
bo‘lgan bolalar uchun);
(20-bandning
7-kichik
bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
21. Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-
bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar
yig‘majildida mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari
yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak:
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim
muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-
onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning
hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining
yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa
hujjatlar);
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni
saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati;
10
turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar
joy rejasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman
(shahar)dagi filialidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma nusxalari);
Pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga
aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash
haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab
yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik
kar bo‘lgan bolalar);
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik
ko‘r bo‘lgan bolalar);
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya,
rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji,
skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining
yetishmovchiligi — pakanalik);
psixik rivojlanishi sust bolalar;
aqli zaif bolalar;
murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p
yetishmovchilik bo‘lgan bolalar).
Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik
bo‘lgan hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi
asosida, ota-onalari yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan,
o‘quv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida
uning o‘zlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan bog‘liqligi
aniqlangan holda amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
11
a) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik)
nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda
harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar;
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan
(epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez
takrorlanadigan) bolalar;
e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini
ushlab turolmaydigan bolalar.
Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga
yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi
uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |