Jurnallar to’rtta bo’limga bo’lingan: • fizik va muhandislik fanlari;
• tabiiy fanlar;
• tibbiyot fanlari;
• ijtimoiy va gumanitar fanlar.
ScienceDirect - faktlar va raqamlar (pDF)
Aniq va tushunarli interfeys tadqiqotchilarga pDF va HTML* formatlaridagi
to’liq matnli manbalarga bog’lanish va boshqa nashriyotlar platformalaridagi qator
ilmiy-texnik, tibbiyot maqolalariga havolalar taqdim qiladi.
ScienceDirect platformasidan 70dan ortiq mamlakatda foydalaniladi. Har
oyda undan bir necha million maqolalar yuklab olinadi. Platforma tarkibi esa har
kuni to’ldirib borilmoqda.
•
ScienceDirect platformasi eng samarali va to’liq elektron,
interfaol tizim bo’lib, sifatli ilmiy-texnik va tibbiyot axborotlarini topish va
baholash imkonini beradi.