Ichki pDF ko’rish imkoniyati
matnlarga
belgi
qo’yish
imkoniyatini
beradi (annotatsiyalar).
· Butun kutubxonadan qidirish (hujjat nomi, muallif nomi yoki
shaxsiy kalit so’z orqali).
· pDF-fayllarni avtomatik tarzda boshqarish (berilgan sxema bo’yicha
qayta nomlash, papkalarni monitoring qilish — ingl.
watch folder
).
· Yetishmayotgan meta axborotni Google Scholar orqali qidirish.
· Kutubxona qismlarini BibTeX formatida eksport qilish.
· Havola («References») bo’limidan snoskalarni ajratib olish.
· Hujjatlarni toifalash uchun teglarni qo’llash.
Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari:
· Hujjatlarni ko’rish statistikasi;
· Hujjatlarni saqlash uchun server fazosida 2 GB hajmli joy;
· SHaxsiy qiziqishlaringiz va boshqa ma’lumotlarni ko’rsatgan holda
profil yaratish;
Mendeley – bibliografik axborotni boshqarish, saqlash va ishlarni pDF
va DOC formatlarida ko’rish imkonini beradigan dastur hisoblanadi. Dastur bilan
ishlashning ikkita usuli bor:
1. O’z kompgpyuteringizga o’rnatish orqali. Dastur Windows, MacOS, Linux
shuningdek mobil qurilmalar uchun iOS va Android.
2. Dastur bilan brauzer orqali ishlash.
Biz sizga dasturni o’z kompgpyuteringizga o’rnatishni tavsiya qilamiz. CHunki
brauzerli versiyasi funktsional imkoniyati cheklangan holda ishlaydi. Dasturni
o’rnatish va ro’yxatdan o’tish.
O’rnatish bo’yicha ko’rsatma
1. Mendeley Community axborot saytiga diqqatingizni qarating.
2. Siz qo’llaydigan versiyani tanlang (Desktop, Web, iOS va Android).
3. Tegishli ko’rsatmani oching.
Mendeley bilan qulay ishlash uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1. http://www.mendeley.com/ saytiga
kiring
va Create
a
free
account tugmasini bosing.
2. O’z ma’lumotlaringizni kiriting: ism va familiya, email (sizning elektron
pochtangiz manzili) va parolgp. Pochta manzili sizning loginingiz bo’ladi. Sizning
pochtangizga tasdiq xati keladi. SHu xatdagi havola bo’yicha o’tsangiz, endi sizning
tizimda o’z o’rningiz bor. Agar siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz saytning o’ng pastki
burchagidagi havolani bosish orqali Mendeley dasturini yuklab oling. Bu albatta
parol va login kiritilgandan keyin amalga oshadi.
Qo’shimcha:
1. Microsoft Word dasturi bilan ishlash uchun qo’shimchani o’rnatish kerak.
Microsoft Office paketining barcha ilovalarini bekitgan holatda Mendeley dasturini
ishga tushiring va Mendeley dasturining Tools menyusidan Install MS Word plugin
punktini tanlang. Qo’shimcha imkoniyatlar statsionar dasturda ishlaydi.
2. Sichqoncha yordamida maqolani osongina import qilish uchun sizga
Web
Importer
bookmarket
talab
qilinadi.
Brauzerda http://www.mendeley.com/import sahifasini oching. Brauzer zakladkasi
paneliga Save to Mendeley tugmasini surib keling. Bu jarayonni siz maqolani
o’qiydigan va havolalarni saqlaydigan barcha brauzerlarda takrorlash kerak. Keyin
matnda siz saytlar ro’yxatini ko’rasiz. Ularni bir bosish bilan Mendeley tizimiga
import
qilish
imkonini
beradi.
Bu
saytlarga
ehtiboringizni
qarating
– «podderjivaemqe istochniki» deb nomlanadi va ularga keyinroq to’xtalamiz.
GOST stilini o’rnating. Buning uchun View menyusidan Citation Styles, undan
esa More Styles punktini tanlang. Get More Styles zakladkasida qidiruv qatoriga
GOSTni kiriting. Sizga ikkita natija kerak. Sichqoncha yordamida «Russian GOST
R 7.0.5-2008 (Russian)» natijasini bosing va keyin o’ngda Install tugmasini bosing.
«Russian GOST R 7.0.5-2008 (Numeric)» natijasi bilan shu jarayonni takrorlang.
Birinchisi [muallif, yil] ko’rinishidagi havola uchun kerak, ikkinchisi esa – [1]
ko’rinishidagi havola uchun ishlatiladi. Ayni shu oynada paydo bo’lgan Use this
style tugmasini bosish orqali ulardan ixtiyoriy birini tanlash mumkin. Stilni
xohlagan vaqtda o’zgartirish mumkin.
Umumiy guruhni yaratish
5. Mendeley dasturida chapda Groups zakladkasi ostida Create Group punktini
tanlang. Guruh nomini kiriting masalan, «Amalga oshgan ishlar hisoboti».
Agar ishda sizni qo’shganda 4ta va undan kam odam ishtirok etsa, private Group
optsiyasini tanlang. Tekin versiyada bitta odam faqat bitta xususiy guruhni yaratishi
mumkin. Unda ahzolar sizni qo’shganda 4ta odam bo’ladi. Agar siz guruhga ko’p
qatnashchilarni qo’shmoqchi bo’lsangiz u holda public Group optsiyasini
tanlang. SHundan so’ng Create Groupni bosing.
NB: agar siz public Group yaratgan bo’lsangiz, uning tarkibi (manbaga
havolalari) siz tomoningizdan taklif qilingan qatnashchilar, Mendeleyning barcha
foydalanuvchilari uchun ko’rinadigan bo’ladi.
Umumiy guruhda maqolaning to’liq matnini saqlab bo’lmaydi.
6. Yangi oyna ochiladi. Manzillar maydoniga barcha loyiha ishtirokchilarining
pochta manzili nuqta vergul bilan kiriting (bu manzil aynan ro’yxatdan o’tish
vaqtida qo’llanilgani).
7. Guruh ichida papkalar yaratish mumkin (masalan, hisobotni tayyorlashning aniq
bir qatnashchisi uchun). Guruh nomi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing.
Papka ichida papkaosti yaratish mumkin.
8. Umumiy guruhga manbalarning bibliografik izohini qo’shish uchun avval
Mendeley dasturidagi o’z kutubxonangizda ularni belgilab oling, keyin esa tegishli
papkani chapga ko’chiring.
Mendeley – pdf, doc formatlaridagi maqolalarni va kutubxona havolalarini yaratish
va saqlash uchun ajoyib yordamchi hisoblanadi.
9. «Podderjivaemqx istochnikov»dan import qilish. Siz har doim «Podderjivaemqx
istochnikov» sayti mavjudmi yoki yo’qligini ko’rib turasiz: bu saytlarning brauzer
panelida «Save to Mendeley» tugmasi mavjud. Maqola izohi mavjud sahifada «Save
to Mendeley» tugmasini bosing (birinchi martasida tizim login va parolni so’rashi
mumkin, biroq keyinchalik ishlash davomida tizim buni eslab qoladi). Mendeley
sahifada topgan maqolalar ro’yxatini ochadi. Keraklisini belgilang va «Save»ni
bosing. Agar joriy sahifada maqolaning to’liq matniga o’tish imkoni mavjud bo’lsa,
u holda Mendeley maqolaning pdf-faylini avtomatik tarzda saqlashga harakat qiladi.
Agar maqola pdf-fayl ko’rinishida bo’lmasa, aytaylik sayt sahifasida oddiy matn
ko’rinishida bo’lsa, u holda Mendeley shu matnli sahifaning web-sahifasi nushasini
saqlab qo’yadi.
10. Agar siz maqolani elektron nashrlar bazasidan topgan bo’lsangiz (Jstor va
boshqa turdagi), brauzer panelida «Save to Mendeley» tugmasini bosganingizdan
keyin kompgpyuter bibliografik tavsif topilmagani haqida xabar beradi yoki agar
sahifada «Save to Mendeley» mavjud bo’lmasa, u ham qo’rqinchli emas. Barcha
elektron bazalar bibliografik ma’lumotlarni formatlarda saqlashga moslashtirilgan
(BibTex, RIS va boshqalar).
Saqlash tugmalari har ko’rinishda bo’lgani bilan ularni har doim tanib olish mumkin:
«Export» «Export citation» «Cite» «Download citation» va boshqalar.
Odatda «poslatgp statgpyu po pochte», «raspechatatgp» optsiyalari qaerda bo’lsa,
ular ham shu yerda joylashgan bo’ladi. Sizga BibTex, RIS, Zotero, Endnote XML
formatlari mahqul keladi. Bibliografik ko’rsatmalari bo’lgan mikro-faylni
saqlang. Mendeley tizimining «File» menyusidan «Import» punktini va saqlangan
mikro-faylni tanlang.
11. Agar sizning kompgpyuteringizda maqolaning pDF-faylidagi matni saqlangan
bo’lsa, Mendeley matnning o’zidan bibliografik ko’rsatmalarni ajratib chiqarishi
mumkin. Variant 1. Dasturning «File» menyusidan «Add File» punktini tanlang.
Agar sizning pDF-faylingizda matn ko’p bo’lsa, u holda vaqtni tejang. Barcha
matnlarni bitta papkaga to’plang va «File» menyusidan «Add Folder»ni tanlang.
Variant 2. Oddiygina qilib pDF-fayl yorlig’ini dastur oynasiga olib keling.
Keyinchalik, siz pDF-fayllaridagi yangi matnlarni saqlash uchun yangi papka
yaratishingiz mumkin va Mendeley avtomatik tarzda sizning kutubxonangizga
qo’shadi.
Eslatma: agar manba haqidagi ma’lumotlar to’liq bo’lmasa, u holda manba
tavsifi ostida sariq fonda yozuv paydo bo’ladi: «These details need reviewing…».
Sarlavha to’g’riligini tekshirib ko’ring (probellar, tinish belgilari), keyin esa
Mendeley dasturida «Search by Title» tugmasini bosing. Qolgan maydonlar Google
Scholar axborotlaridan avtomatik tarzda to’ldiriladi. Axborotni yana bir marta
tekshirib ko’ring.
12. Agar «Search by Title» tugmasi yo’q bo’lsa (yahni Mendeley manba haqidagi
ma’lumotlar to’liq), siz ma’lumotlarni kiritishingiz va tegishli maydonlar qiymatini
o’zgartirib, qo’lda ishlash rejimida o’zgartirish kiritishingiz kerak. Yoki siz yozuvni
to’liq emas singari qayd etish va «Search by Title» qo’llashingiz: manba ustida o’ng
tugmani bosing, avval «Mark As…», keyin esa «Needs Review»ni bosing.
13. Agar qandaydir sababga ko’ra bibliografik tavsifni saqlab bo’lmasa, u holda
yozuvni qo’lda kiritish yo’li qoladi. «File» menyusida «Add Entry Manually»
tanlang va zarur axborotni kiriting. Paydo bo’lgan muloqot oynasida yo’q maydonni
keyin tahrirlash rejimida to’ldirish mumkin bo’ladi.
Eslatma: Mendeley dasturining o’ziga xos jihatlari bor. Ular CSL-stillari bilan
ishlashda noxushliklar keltirib chiqarishi mumkin (masalan, biz o’rnatgan GOST
stillari bilan). Ayniqsa, chop etilmaydigan hujjatlar bilan ishlashda (working
papers): hisobotlar, ArXiv / SSRN materiallari, preprintlar. Biz barcha chop
etilmagan hujjatlarni «Working paper» sifatida emas, balki «Report» sifatida
saqlashni tavsiya qilamiz. Bunda albatta bibliografiyani yakuniy rasmiylashtirishni
tekshirib ko’ring.
Eslatma: «Institution» maydoni (hujjatni nashr qilgan tashkilot haqida
axborot) bibliografiyaga tushmaydi. Uning aks etishi uchun «publisher» maydonini
qo’llashni tavsiya qilamiz. Uning batafsil detallari bilan tanishish uchun quyidagi
havola
bo’ylab
o’ting
- http://support.mendeley.com/customer/portal/articles/364144-csl-type-
mapping.
14. Hisobot uchun o’z fragmentingizni MS Word dasturida oching. Bibliografiyani
boshqarishning barcha elementlari Word panelining «Mendeley Cite-O-Matic»
zakladkasida «Ssqlki» joylashgan. TSitata qo’yish uchun kursorni matnning kerakli
joyiga qo’ying va Alt+M bosing yoki «Insert Citation» tugmasini bosing. Birinchi
marta paydo bo’lgan oynadan chap pastki qismida (sozlama o’zgartirilmagan bo’lsa)
«My Library» turibdi. Siz bibliografik ma’lumotlar manbasini almashtirish va
hisobot uchun tayyorlangan Mendeley umumiy guruhini oling. Buni faqat bir marta
qilinadi va natija saqlanadi. Manba haqidagi ko’rsatmalarni paydo bo’lgan
maydonga kiritishni boshlang: sarlavha, muallif familiyasi, yil. SHundan keyin
Enter yoki OK bosing. Havola hujjat ichida paydo bo’ladi. SHuningdek, siz
Mendeley dasturida ham kerakli manbani tanlab olishingiz mumkin: dasturning
asosiy oynasida kerakli maqolani toping, uni tanlang va «Cite» bosing ( u yuqoridagi
panelda paydo bo’ladi). Havola qo’yishni bekor qilish uchun usha yerda «Cancel»
tugmasini bosing.
15. Agar siz boshqa matn muharriridan foydalansangiz, Mendeley bibliografik
ma’lumotini nushasini oling (Ctrl-C) va matn muharririga formatlangan bibliografik
ma’lumotni qo’ying (Ctrl-V). SHuningdek, Mendeley dasturining asosiy oynasiga
qayta bog’lanish mumkin: «Library As Citations»da «View» bosing va o’sha yerdan
bevosita bibliografik ma’lumotlarni nushalang.
16. Havolani tahrirlash uchun unga kursorni qo’yish va Alt+M yoki «Insert
Citation» tugmasini bosish kerak bo’ladi.
17. Hujjatga adabiyotlar ro’yxatini qo’yish uchun ro’yxat qo’yilishi kerak bo’lgan
joyga kursorni qo’ying va MS Word yuqoridagi panelida «Insert Bibliography»
tugmasini bosing. Agar siz hujjatga keyinchalik boshqa havolalar qo’shsangiz, u
holda bibliografiyani yangilash uchun MS Word yuqoridagi panelida «Refresh»
tugmasini bosing.
18. Havola va bibliografiya rasmiylashtirish standartini tanlash uchun kerakli stilni
«Style» ochiladigan ro’yxatidan tanlang. Havola va bibliografiyalar avtomatik
tarzda rasmiylashtiriladi.
19. Bibliografik ro’yxatni ayniqsa nashr qilinmagan ishlarni va boshqa ishlarni
tekshirib ko’ring (standartlar, qonunlar, EHM uchun dasturlarni ro’yxatga olish
haqidagi guvohnomasi va boshqalar). Ular bilan turli muammolar kelib chiqadi.
Havolalar va bibliografiyalar bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’zgartirishga
to’g’ri kelsa qo’lda o’zgartirish kiriting.
20. Agar hujjat matnida sizning bibliografiyangizda yo’q bo’lgan maqolaga havola
mavjud bo’lsa, u holda dastur ularni qo’shishni taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |