M. jamiyatimizning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U 20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.
Sovet hukumati M.ga oʻz umrini yashab boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u anʼanaviy milliy boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu yerda sanoatlashgan "ilgʻor" jamiyatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet hukumati M.lar vazifasini cheklash, oʻziga boʻysundirishga intildi, bu hol M. faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Biroq M. oʻzining yashovchanligini namoyon etib, anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saklab qoldi.
20—30-yillarda M. eski turmushga qarshi "hujum"da — paranji tashlash va xotinqizlarni ozodlikka chiqarish harakatida ishtirok etdi. Shu bilan birga M. savodsizlikni tugatish, ommani maʼrifatli qilish, joylarni obodonlashtirish (yoʻl, choyxona, maktablar qurilishi)da muhim ahamiyat kasb etdi.
1932 yil 17 aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida Nizom chikdi. 1935— 36 yillarda M.larda oqsoqol boshchiligida M. qoʻmitalari tashkil etilib, aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan.
Ikkinchi jahon urushi davrida M. baynalmilalchilik tabiatini namoyon etdi. Urush davrida M. qoʻmitalari armiyaga chaqiruvni tashkil etish, aholidan posilka joʻnatish, koʻchirib keltirilgan aholini, bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi.
1961 yil avg .da Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan "Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovullaridagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida"gi Nizomda ham M.ga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. "M. qoʻmitalari bironbir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin emas" edi. M.ning huquq va vakolatlari cheklangan edi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Mahalalarga boʻlgan munosabat . OʻzR Konstitutsiyasining 105moddasiga va 1993 yil sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. M. lar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida oʻz molmulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. oʻz hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz hududidagi aholini ish bilan taʼminlashi, aholiga madaniymaishiy xizmat koʻrsatishi mumkin.
Hozirgi paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. 90-yillarda M. hokimiyatning rasman quyi yuridik organiga aylandi. M. vazi-falari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri.
M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har tomonlama yordam berish, milliy anʼana va urf-odatlarni boyitish, M. qoʻmitalari ishlarini muvofiklashtirish, M.lardagi kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993 yil 17 avg .da Oʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi. "Mahama" gaz. chiqa boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov M.ning hozirgi zamon jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: "Oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga juda xos boʻlgan usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega boʻlib bormoqda. Ular amalda oʻz huquqlaridagi barcha ishlar uchun masʼuldirlar. Zero, mahallaning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Uning nufuzini koʻtarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir. Biz mahallalarga shu nuqtai nazardan qarashimiz lozim".
Har bir M. aniq tashkiliy tuzilmaga ega. Unga M.ning umumiy yigʻilishida saylanadigan M. kengashi rahbarlik qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman M. yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. kengashiga keksa, tajribali kishilardan M. oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida toʻy marosimlarini oʻtkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. boʻyicha komissiyalar tuziladi.
M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.
1998 yil 23 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida"gi farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.
Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 1999 yil 14 aprelda Oʻzbekiston Res-publikasining "Fuqarolarning oʻzoʻzini boshqarish organlari haqida"gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi qonunning 7moddasiga asosan, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi. Bu qonunda M. bajarishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab berilgan. M.ga yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz hududida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga koʻmaklashadi, yongʻin xavfsizligi, turar joy fondini saklash, aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻshishini taʼminlashga yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari tushumining muayyan miqdori oʻz-oʻzini boshqarish organlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari toʻlovlariga, shuningdek, M.ni obodonlashtirishga sarflanadi. Endilikda, har bir M. oʻz madaniy markazini, guzarini qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona, doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, turli sport oʻyinlari maskanini barpo etmoqda. M. qoʻmitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xoʻjalikmadaniy qurilish tadbirlarini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xoʻjaligini saqlash, ozodalikni taʼmin etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit mavjud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin oʻsib bormoqda. Ular mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼmin etishda, omma kuch-gʻayratini bunyodkorlikka yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 2003 yil Oʻzbekistonda "Obod mahalla yili" deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 7 fevralda qabul qilgan "Obod mahalla yili" dasturiga binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |