Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar. 37-son bxxs



Download 2,93 Mb.
bet1/4
Sana06.06.2022
Hajmi2,93 Mb.
#641126
  1   2   3   4

Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 37 Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar

Maqsadi

  • Maqsadi
  • Qoʼllash doirasi
  • Rezervlar va shartli majburiyatlar oʼrtasidagi bogʼliqlik
  • Baholash
  • Rezervlardan foydalanish
  • Oʼtish qoidalari

Mavzu doirasida quyidagi rejalar bilan tanishishimiz mumkin:
Ushbu Standartning maqsadi rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan toʼgʼri tan olish mezonlari va baholash asoslari qoʼllanilishini hamda foydalanuvchilar ushbu rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarning mohiyatini, vaqtini va summasini tushunishi uchun moliyaviy hisobotlarga izohlarda yetarlicha maʼlumotlar ochib berilishini taʼminlashdan iboratdir.
1.Ushbu standart hamma tadbirkorlik subʼektlari tomonidan quyidagilardan tashqari rezervlarni, shartli majburiyatlarni va shartli aktivlarni hisobga olishda qoʼllanilishi lozim:
(a)oxirgacha yetkazilmagan shartnomalardan kelib chiqadiganlardan, agar bu shartnomalar ogʼirlik yuklaydigan shartnomalar boʼlmasa; va
(b)[oʼz kuchini yoʼqotgan]
(v)boshqa standartning qoʼllash doirasida boʼlganlardan.
2.Ushbu standart MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” ning qoʼllash doirasida boʼlgan moliyaviy instrumentlarga (shu jumladan kafolatlarga) nisbatan qoʼllanilmaydi.
3.Oxirgacha yetkazilmagan shartnomalar boʼlib tomonlarning hech birisi shartnomada belgilangan oʼz majburiyatlarning hech bir qismini bajarmagan yoki ikkita tomon ham oʼz majburiyatlarini teng tarzda qisman bajargan shartnomalar hisoblanadi. Ushbu standart bunday shartnomalarga nisbatan, agar ular ogʼirlik yuklaydigan shartnomalar boʼlmasa, qoʼllanilmaydi.
4.[Oʼz kuchini yoʼqotgan]
5.Аyrim turdagi rezerv, shartli majburiyat yoki shartli aktiv boshqa Standartda koʼrib chiqilganida, tadbirkorlik subʼekti ushbu Standarning oʼrniga oʼsha Standartni qoʼllashi kerak. Masalan, rezervlarning ayrim turlari quyidagilar boʼyicha Standartlarda koʼrib chiqilgan:
(a)qurilish shartnomalari (BHXS 11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang);
(b)foyda soliqlari (BHXS 12 “Foyda soliqlari” ga qarang);
(v)ijara kelishuvlari (BHXS 17 Ijara” ga qarang). Biroq, BHXS 17 da operativ ijara boʼyicha ogʼirlik yuklaydigan boʼla boshlagan shartnomalarga nisbatan hech qanday talablar qoʼyilmaganligi uchun, ushbu standart bunday holatlarga nisbatan qoʼllaniladi;
(g)xodimlarning daromadlari (BHXS 19 “Xodimlarning daromadlari” ga qarang); va
(d)sugʼurta shartnomalari (MHXS 4 “Sugʼurta shartnomalari” ga qarang). Biroq, sugʼurtalovchining MHXS 4 ning qoʼllash doirasidagi sugʼurta shartnomalari ostida paydo boʼladigan sharnomaviy majburiyatlari va huquqlaridan yuzaga keladiganlardan tashqari rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan ushbu standart qoʼllaniladi.
6.Rezervlar boʼlib hisoblanadigan ayrim summalar daromadning tan olinishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin, masalan tadbirkorlik subʼekti haq evaziga kafolatlar beradigan hollarda. Ushbu standartda bunday daromadlarning tan olinishi koʼrib chiqilmaydi. BHXS 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” daromadlar tan olinadigan holatlarni belgilaydi va tan olish mezonlarining qoʼllanishi boʼyicha amaliy koʼrsatma beradi. Ushbu standart BHXS 18 ning talablarini oʼzgartirmaydi.
7.Ushbu standart rezervlarni noaniq muddat yoki summaga ega boʼlgan majburiyatlar sifatida aniqlaydi. Baʼzi mamlakatlarda “rezerv” atamasi eskirish, aktivlarning qadrsizlanishi yoki shubhali qarzlar kabi moddalarga tegishliligida foydalaniladi: bunday rezervlar aktivlarning balans qiymatlariga tuzatish boʼlib hisoblanadi va ushbu standartda koʼrib chiqilmaydi.
Ushbu Standartda quyidagi belgilangan maʼnodagi atamalardan foydalaniladi:
Rezerv – bu noaniq muddat yoki summaga ega boʼlgan majburiyatdir.
Majburiyat – bu tadbirkorlik subʼektining boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga keladigan hozirgi paytda mavjud boʼlgan majburiyati boʼlib, uni soʼndirish natijasida tadbirkorlik subʼektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi kutiladi.
Majburiyat yuklaydigan hodisa – yuridik yoki konstruktiv majburiyatni yuzaga keltiradigan hodisa boʼlib, uning natijasida tadbirkorlik subʼekti ushbu majburiyatni bajarishdan boshqa amaliy chorasi boʼlmaydi.
Yuridik majburiyat – bu quyidagilardan yuzaga keladigan majburiyat:
(a) shartnoma (unda toʼgʼridan-toʼgʼri koʼrsatilgan yoki nazarda tutilgan shartlari asosida);
(b) qonunchilik; yoki
(v) huquq normalarning boshqacha qoʼllanishi.
Konstruktiv majburiyat - tadbirkorlik subʼektining quyidagi holatlardagi xatti-harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:
(a) uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki yetarlicha aniq boʼlgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik subʼekti maʼlum javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va
(b) buning natijasida, tadbirkorlik subʼekti u ushbu javobgarliklarni bajaradi degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tugʼdirgan.
Shartli majburiyat - bu:
(a) boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin boʼlgan majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik subʼektining toʼliq nazorati ostida boʼlmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir boʼlishi yoki sodir boʼlmasligi natijasida tasdiqlanadi; yoki
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat boʼlib, boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga keladi, ammo tan olinmaydi, chunki:
(i) iqtisodiy nafni oʼzida mujassamlashtiradigan resurlarning majburiyatni soʼndirish uchun chiqib ketishi talab etilishining ehtimoli yoʼq; yoki
(ii) ushbu majburiyatning summasini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin boʼlmaydi.
Shartli aktiv – bu boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin boʼlgan va uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik subʼektining toʼliq nazorati ostida boʼlmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir boʼlishi yoki sodir boʼlmasligi natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Ogʼirlik yuklaydigan shartnoma – bu shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarish uchun muqarrar amalga oshirilishi zarur boʼlgan xarajatlar ushbu shartnoma boʼyicha olinishi kutilayotgan iqtisodiy nafdan oshib ketadigan shartnomadir.
Restrukturizatsiya – bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat qilinadigan dastur boʼlib, u quyidagilarni muhim darajada oʼzgartiradi:
(a) tadbirkorlik subʼekti tomonidan amalga oshiriladigan biznesning koʼlamini; yoki
(b) ushbu biznes amalga oshirilishi tarzini.

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish