5.Miokard infarkti - yurak muskulini qon bilan ta’minlovchi arteriya tomirlaridan birining to‘satdan qisilib qolishi tufayli yuzaga keladigan va yurak sohasida kuchli og‘riq bilan kechadigan hayot uchun xavfli xastalikdir.
Sababi: Gipertoniya, yurakning ishemik va stenokardiya kasalliklarini o‘z vaqtida davolamaslik, o‘ta hayajonlanish, qayg‘urish, ruhiy va jismoniy zo‘riqish, spirtli ichimlik iste’mol qilish, ko‘p chekish.
Belgilari: Ko‘krak qafasining chap tomonida (yurak sohasida) to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘lishi. Og‘riqni chap qo‘l, chap kurak, yelka, bo‘yin sohalariga tarqalishi, ayrim bemorlarda og‘riq qorinning yuqori qismida seziladi. Bemorning rangi oqaradi, lablari ko‘karadi, sovuq ter bosadi, qo‘l-oyoqlari soviydi.
Arterial qon bosimi 80-40 mm simob ustunigacha pasayadi, ba‘zida undan ham past bo‘ladi.
Auskultatsiyada yurak aritmiyasi, ya’ni yurakning to‘xtab-to‘xtab urishi aniqlanadi. Tomir urushi kuchsizlanadi, aritmik bo`ladi.
Birinchi tibbiy yordam: Bemor boshini balandroq qilib yotqiziladi (uning o`ziga miokard infarktida shubha qilinayotganini bildirilmagani ma`qul).
Tez yordam chaqiriladi. U kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi mumkin:
1.Yurakdagi og`riqqa qarshi:
a) Nitroglitserin -1-2 tabletka tili ostiga har 20 minutda (to og`riq yo`qolgunicha).
b) Og`riq qolmasa iloji bo`lsa novokain – 0,5 %-20-30 ml vena tomiriga sekinlik bilan yoki analgin 50 %-2 ml, novokain- 0,5 % -2-3 ml, baralgin- 5 ml muskul orasiga.
2.Atsetilsalitsil kislota (aspirin) – 0,16 gramm (0,5 grammlik tabletka 3 ga bo`lib, bir qismi kuniga 1 marta beriladi) uzoq vaqt, ya`ni 1-2 oy davomida. Yoshi keksa odamlar infarkt va insultni oldini olish uchun ham aspirinni 0,16 gr har kuni yoki kunora qabul qilib yursalar yaxshi bo`ladi.
3.Arterial qon bosim 90/50 mm dan past bo`lsa bemorda shok holati ro`y berishi mumkin.Shuning uchun:
a) Gidrokortizon – 25 mg muskul orasiga;
b) Adrenalin – 0,5-1 ml teri ostiga.
4.Tez yordam kelgunicha bemorda yurak yetishmovchiligi yuzaga kelsa, ya`ni tomir urishi 1 minutda 100-120 marta va undan ham tezlashsa:
a) Adonizid -20-30 tomchi har 4 soatda (tomir urishi 1 minutda 80 ta va undan kam bo`lsa bu dori berilmaydi).
b) tomir urishi tezligi oshaversa, bemorning lablari ko`karsa, qo`l-oyoqlari soviy boshlasa iloji bo`lsa:
- Didoksin-0,5 mg 0,9 %-20 ml natriy xlorid bilan vena tomiriga yuboriladi (1 marta yuborilgandan keyin tomir urishi minutiga 100 dan tez va kuchsizligicha qolaversa, digoksin 2-3 soatdan keyin takror yuborilishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |