Xomashyo va mahsulotlarning saqlanish holati. Restoran uchun keltirilgan xomashyo va mahsulotlar uning yerto‘la qismida joylashgan omborxonalarda saqlanadi. Omborxonalar sovutiladigan va sovitilmaydigan bloklardan iborat bo‘lib, sovutish va omborxona jihozlari bilan ta‘minlangan. Xomashyo va mahsulotlar zaruratga qarab, har kuni keltirilishi bois zaxira mahsulotlarini saqlash uchun zarurat yo‘q. Lekin, omborxona xonalarining joylashuvi va jixozlanishida SNiP me‘yorlari bo‘yicha chetlanishlarni ko‘rish mumkin. Masalan, mahsulotlarni saqlashda tovarlar qo‘shnichiligiga yetarli darajada e‘tibor berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |