2-rasm. Restoran hovlisi
3-rasm. “ Coriander ” restoranining banket zali
Restoran zali asosan Evropa uslubida bezatilgan bo`lib, zamonaviy texnologik jihozlar bilan jihozlangan.Restoran zallarida mikroiqlim sharoiti avtomatik boshqariladigan jihozlar yordamida doimo bir xilda saqlanib turadi. Restoran tashqi hovlisining asosiy qismi ko`kalamzorlashtirilganligi tufayli uning havosi mijozlarga o`zgacha zavq bag`ishlaydi.Restoran hovlisida manzarali daraxtlar va gullar ekilgan. SHuningdek, restoran hovlisining bir qismi avtomashinalar to`xtash joyiga ajratilgan. Restorannning asosiy mijozlari shahrimizga mehmon bo`lib kelgan turistlar va shaxar aholisi hisoblanadi.Restoranda yuqori malakali pazanda oshpazlar faoliyat yuritadi. SHuning uchun buyurtmachilar taklifiga ko`ra restoranda tayyorlanadigan taomlar assortimenti keng ko`lamli bo`lib, ular Evropa va milliy taomlarni qamrab oladi.
Restoran shahar markazidan biroz chetda va turistlar uchun biroz noqulay joyda joylashgan bo`lsada, turistlar bu yerga tez-tez tashrif buyuradilar. Ular asosan bu restoranni internet orqali reklamadan topib keladilar, tanish bilishlari va biznes hamkorlari, shahardagi qarindoshlari bilan bu yerda mehmon bo`ladilar. Ochiq ko`ngil, samimiy va malakali xodimlar taqdim etayotgan xizmatlar tufayli restoran o`zining doimiy mijozlari e‘tiborini qozongan.
Hukumatimiz chiqargan qarorlar asosida yurtimizga vizasiz kirishning joriy qilinishi, qo`shni mamlakatlar uchun chegaralarning ochiqligi, «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» va «Samarqand bo`ylab sayohat!» dasturlari tufayli bugungi kunda restoranga ko`plab xorijiy tuistlar tashrifi ko`paydi. Ruslar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, bolgarlar, ingliz, nemis, fransuz, qozoq va shu kabi ko`plab xorijlik turistlar bugungi kunda restoran mijozlari hisoblanadi.
Qo`shni davlatlardan kelgan mehmonlar turistlar bu yerga qarindoshlari, do`stlari va biznes hamkorlari hamrohligida kelishadi. Samarqandga tez-tez xizmat safari bilan keluvchi tadbirkorlar ham ko`p holatlarda aynan mana shu restoranni afzal ko`rishadi.
Restoran ilk ochilgan kunlaridan boshlab turistik firmalar bilan aloqalar o`rnatgan. O`sha vaqtlarda turistlar uchun shahrimizda sanoqligina talabga javob bera oladigan restoranlar mavjud bo`lgan. Ana shunday bir vaqtda restoranning faoliyat yuritishi azim Samarqandda sayyohlarni ovqatlanishi uchun bo`lgan sharoitni yaratib bergan. Qaysidir ma‘noda, «Coriander » restorani Samarqandda turizmni rivojlanishi uchun qisqa bo`lsada o`z hissasini qo`shgan. Hozirgi vaqatda
«Coriander » restorani aholi va turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng nufuzli restoranlardan biriga aylangan.
Restoranda yevropa va o`zbek milliy taomlari tayyorlanadi. Oshpazlar shuning bilan cheklanib qolmay, boshqa xorijiy mamlakatlar milliy taomlarini tayyorlashni ham o`rganishgan. Buyurtma berilgan holatda hech bir qiyinchiliksiz tayyorlab berishadi. Restoranda tabldot menudan foydalaniladi. Menu o`z ichiga firma gazaklari, taomlari va ichimliklarni, sovuq taom va gazaklarni, issiq gazaklarini, suyuq taomlarni, ikkinchi taomlarni, shirin taom, issiq ichimliklar, sovuq ichimlik va sharbatlar, non turlari, qandolat mahsulotlarini, spirtli ichimliklarni jamlagan. Menuda har bir taom va ichimlik, gazaklar va salatlarning narxlari keltirilib o`tilgan. Menu mavsum va iqlimga, mijozlar fikriga ko`ra yangilanib turiladi.
Restoran Samarqand shahrida o`z nufuziga ega restoranlardan biri. Shu sababli bu yerda to`rt faslda ham mijozlar oqimi susaymaydi. Mavsum va bayram arafalarida o`tkaziladigan aksiyalar natijasida mahalliy va xorijiy turistlar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi. Narxlarning qulayligi, taomlar assortimenti, bayram sovg`alari, bayram shoulari mijozlar e`tiborini tortmasdan qo`ymaydi.
«Coriander » restoraniga fevral va mart oylarida kuniga o`rtacha olti nafardan xorijiy turist tashrif buyurdi. Turistik mavsum bo`lmagan bir vaqtda bu nisbiy yaxshi ko`rsatkich hisoblanadi. Turistik mavsumda esa bu ko`rsatkichlar oshishishi kutiladi. Aprel oyida kuniga kamida o`nbesh nafar turist kelishi mo`ljallangan. Buning uchun tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab yozgi zal o`z faoliyatini boshlaydi. Restoran hovlisidagi baland darxtlar yozning issiq kunlarida restoran hududida salqin harorat bo`lishini ta‘minlaydi. Restoran mijozlari va mehmonlari yaxshi biladiki, yoz oylarida ham restoranda bahor va kuz oylaridagi salqin harorat ufurib turadi.
Restoranda kechki vaqtda jonli musiqa va ko`ngilochar shoular uyushtiriladi. Mahoratli akrobatlar tomonidan ko`rsatiladigan akrobatik chiqishlar, jahon musiqa durdonalariga tushiladigan raqslar, bayramlar arafasidagi shoular kattalar va bolalarni diqqat e‘tibori markazida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |