Respublikasi xalq ta‘limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash



Download 1,56 Mb.
bet13/60
Sana31.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#258666
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mavzuni o’rganish bo‘yicha texnologik xarita

Ish

bosqichlari



O‘qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi faoliyatining mazmuni

1 – bosqich. Mavzuga

kirish


    1. O‘quv mashg‘uloti mavzusini, rejani va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi

    2. Baholash mezonlari (1-ilova)

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni

yozib boradilar.



(20 min)

    1. Aqliy hujum usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtirish

    2. Mavzuni jonlantirish uchun savollar beradi (2-ilova)




2- bosqich. Asosiy bo‘lim (50 min)

  • 2.1. Mavzu yuzasidan mini ma’ruza qiladi.

  • 2.2.Mashg’ulot rejasining ikkinchi savoliga tushunchalar aytiladi.

  • 2.3.Rejaning uchinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.4. Rejaning to’rtinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.5. Rejaning beshinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

2.6. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Mavzu haqida o’z fikr-munosabatlarini bildiradilar.

3-bosqich. Yakunlovchi (10 min)

    1. Mashg’ulot bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi.

    2. Mavzuni chuqurroq o’zlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.

    3. Keyingi mavzuga tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.

Tinglaydilar. Savollar beradilar.Tushunmagan narsalarini so’raydilar. Berilgan topshiriqni daftarlariga yozib oladilar.

Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.

Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi.

Qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog’oz,karton,sim,yog’och,gaz mol vaboshqalar) bilan tabiiy va sun’iy xom ashyolar (maxsus loy,yog’och va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar) bilan, keng istemol mollari va xalq hunarmandchilik mahsulotlari,

tayyorlash uchun maxalliy xom-ashyolar bilan eletr, radiotexnika to’plamlari va hokozolar bilan ishlashga o’rganadilar.

Bularning xammasi o’quvchilarga qo’l asboblari bilan ishlashi, har xil xom ashyolardan foydalanishning ma’lum tajribasini to’plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va ma’nosini tushinishga, mehnat kishilarga hurmatda bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarni shakillantirishga yordam beradi

Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonovaiy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.

Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi.

Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.

Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarning boshlang’ich politehnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashdir. O’quvchilarni Mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi.



Mehnatga ahloqiy tayyorlash – bolalarga jamoada ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, hatti- harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir.

Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir.

Mehnatga psixologik tayyorlash – bolalarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarni yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singidirishdir. Bolalarni mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini anglashlari juda muhimdir.

Mehnat psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emosional idrok, diqqat, xotira, tafakkur mehnatning psixologik komponentlaridir.

Mehnatga o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat fani bo’yicha o’quv materiallarni eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Brcha yangi asboblar, materiallarni, opreasiyalarning nomini boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.

O’qituvchi mehnat darslarida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni metarialga ishlov berish usullarni, ish bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shunung uchun mehnat ta’limida eshitish, ko’rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab qolish kerak.

Mehnat ta’limini to’g’ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir.

Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat, temperament kabi shaxsiy psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mehnatga psixologik va ahloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir.



O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinflarda keng ma’nodagi ilmiy asoslar haqida emas, poltiyexnik ta’limning elementlari to’g’risida gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’onishiga yordam beradi. Biroq, umumta’lim predmetlarini o’qitish mehnat darslarini ma’lum darajada politexnik asoslarda, darsdan-darsga politexnik blimlarni qo’shib olib borishga yordam beradi. Politexnik tayyorgarlikka ega bo’lib qo’yilgan mehnat vazifalarini bajarishda asboblardan to’g’ri foydalanishda yordam beradi. Shunungdek bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish qanday asboblarni qo’llash va undagi sabablarin anglashga ko’maklashadi. Mehnat bo’yicha dasturning istalgan bo’limini o’tishda o’qituvchi bolalarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlarni beradi. Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish o’quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o’ziga xosliklari, materialga qo’lda ishlov berilganda qo’llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari ulardan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berishdan iboratdir.

Politexnik bilimlar asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarida fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

O’quvchilarga berilayotgan poltiyexnik bilim, amaliy ko’nikma va malakalarga o’rgatishni ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.

Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir

nechta elementlardan: oddiy asbab va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi.

Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlag’ich poltiyexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.

Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operasiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish opreasiyalarining tipikligin sezib olish qiyin emas, ular: materiallarni ulchab olish va belgilash, ularni qirqib ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mo’stahkamlash, detallarni yig’ish va buyumni mantaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirish ham ta’luqlidir.

O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.

Bunda o’quvchilarni e’tiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda mehnatga qiziqishni o’yg’otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarin mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.



Mehnat ta’limi jarayonning o’sishiga ta’siri. Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan

birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va ma’naviy ta’minotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Bolarni aqliy o’stirishda ham mehnat ta’limining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.

Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi.

Darslarning jihozlanganligi o’z mehati uchun shaxsiy ma’suliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi.

Agarda bola har bir qadamda tartiblikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishlonch hosil qilimasa, bolarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvoffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.

Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tunutirish borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.

O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish