Mehnat muhofazasi:
Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir: –korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi; – mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa уo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; Tajribalarning ko‘rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mashinalardagi muhandislik-konstruktorlik nuqsonlar yoki texnik-texnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmaslik, yetarli darajada o‘qitilmaslik, ishchining bilib-bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu sababli, ko‘pincha jarohatlanishlarning 60–70 foiziga bevosita jarohatlanuvchilarning o‘zlari aybdor bo‘ladi. 15 Xavfsizlik psixologiyasi deganda insonning mehnat xavf- sizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi. Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o‘rganadi hamda tahlil qiladi. Shunga bog‘liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish mumkin, уa’ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar. – mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish; – mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;– korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; – mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; – oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash; – xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini rag‘batlantirish; – fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘oг tajribasidan keng foydalanish; – ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash; – korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; – ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga уo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himo-yalash; – kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxo-nalar hamda alohida shaxslaming mehnatni muhofaza qilishni ta’-minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llаb- quvvatlash – mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni уo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi.Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jaro- hatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘1maydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.Tajribalarning ko‘rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mashinalardagi muhandislik-konstruktorlik nuqsonlar yoki texnik- texnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmaslik, yetarli darajada o‘qitilmaslik, ishchining bilib-bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu sababli, ko‘pincha jarohatlanishlarning 60–70 foiziga bevosita jarohatlanuvchilarning o‘zlari aybdor bo‘ladi. 15 Xavfsizlik psixologiyasi deganda insonning mehnat xavf- sizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi. Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o‘rganadi hamda tahlil qiladi. Shunga bog‘liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish mumkin, уa’ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |