Axborot tizimlari negizida moliyaviy tahlilni tashkil qilish va ularni boshqarish muammolar
Moliyaviy tahlil jarayonida axborot tizimilaridan oqilona foydalanish va ularni ilmiy asoslangan holda boshqarish bugungi kunda o’ta muhim masala hisoblanadi. To’g`ri respublikamizda faoliyat yurituvchi xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan o’zlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini moliyaviy tahlil qilishda ma`lum darajada axborot tizimlaridan foydalanishmoqda. Lekin aksariyat korxonalar bugungi kunga qadar o’zlarining faoliyat jarayonlarini moliyaviy tahlil qilishmaydilar. Ular moliviy tahlilga ikkinchi darajali faoliyat sifatida munosabatda bo’lishadilar. Bunday holatlar ayniqsa ko’plab yangi tashkil bo’layotgan korxonalarda, viloyatda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatlarida kuzatishimiz mumkin.
Ikkinchi toifadagi korxonalar moliyaviy- xo’jalik faoliyatini moliyaviy tahlil qilishni qisman amalga oshriradilar. Boshqacha qilib aytganda, kroxonaning moliyaviy sektorida muammo yuzaga kelganda, yoki bankdan kredit olayotganda, yoki tasischilar talab qilgan hollarda, yoki investorlarning so’rovi bilan korxonada moliyaviy tahlil qisman amalga oshirishi mumkin. Korxonada moliyaviy tahlilning amalga oshirilmasligi, yoki qisman amalga oshirilishining bir - qancha ob`ektiv va sub`ektiv sabablari mavjud. Sub`ektiv sabablarga quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
korxona rahbariyati moliyaviy tahlilning mazmun-mohiyatini to’liq tushunmaydi;
moliyaviy tahlilning korxonaning barqarorligini tahminlashdagi, moliyaviy holatini yaxshilashdagi ahamiyatini yaxshi tushunmaydi;
moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi etuk mutaxassislar etishmasligi;
korxonada moliyaviy tahlilga ikkinchi darajali faoliyat sifatida qarash ruhiyatining mavjudligi.
Yuqoridagi keltirilgan muammolarni hal qilish maqsadida quyidagilarni amalga oshrish tavsiya qilinadi:
korxona rahbarlari, tasischilar o’rtasida moliyaviy tahlilning ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bunda, moliyaviy tahlini mohiyatini va moliyaviy barqarorlikni tahminlashdagi ahamiyatini ommaviy ravishda reklama qilish talab qilinadi. Moliyaviy tahlilning ahamiyatini tashviqot qilishda reklamaning barcha vositalaridan foydalanish(ommaviy axborot vositalaridan, bukletlardan, seminarlar tashkil qilishdan) maqsadga muvofiq. Korxonalarda moliyaviy tahlilni to’laqonli amalga oshirish uchun, birichi navbatda korxona rahbari va tasischilari moliya bo’limi xodimlaridan moliyaviy tahlilni amalga oshirishni talab qilishi zarur;
xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda tahlil faoliyati bilan shug`illanuvchi xodimlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish zarur. Bu esa tahlil bilan shug`illanuvchi xodimlarning moliyaviy tahlil sohasidagi bilimlarini mustahkamlanishiga olib keladi.
Uchinchi toifadagi korxonalarda moliyaviy tahlil amalga oshiriladi. Ammo, korxonaning moliyaviy-xo’jalik faolitining moliyaviy tahlili qo’l mehnati yordamida- axborot texnologiyalaridan foydalanmagan holda amalga oshriladi. Buning bir – qancha sabablari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
aksariyat yangi tashkil bo’layotgan korxonalarning, shuningdek viloyat hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning moddiy texnik bazasini mustahkam emasligi, shaxsiy kompyuterlarga ega emasligi(ayniqsa dehqon-fermer xo’jaliklarida), yuridik manzilda moliyaviy tahlilni axborot texnologiyalari asosida amalga oshrish uchun etarli shart-sharoit mavjud emasligi;
korxona xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilim- saviyalarini etishmasligidir.
YUqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi takliflarni amalga joriy qilish tavsiya qilinadi:
korxonalarning moddiy –texnik bazasini mustahkamlash, faoliyat yuritayotgan korxonalarni shaxsiy kompyuterlar va dasturiy ta`minotlar bilan ta`minlash.
moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi korxona xodimlarini axbort texnologiyalari bo’yicha bilimlarini oshirish.
joylarda axborot texnologiyalari bo’yicha maxsus kurslarni tashkil qilish(BEM, 1-S buxgalteriya dasturlaridan foydalanishni o’rgatish).
Bugungi kunda aksariyat korxona va tashkilotlar moliyaviy tahlil maqsadida axborot tizimlaridan faqat arifmetik amallarni bajarish hamda moliyaviy tahlilning axborot manbasi bo’lgan hisobotlarni shakllantirishda foydalanilmoqda. 1-S, BEM buxgalteriya dasturiy ta`minotlaridan foydalangan holda moliyaviy hisobot shakllari avtomatik ravishda to’ldiriladi. Moliyaviy tahlilning o’zi esa deyarli mexanik usulida( faqat arifetik usullarni bajarish uchun shaxsiy kompyuterlardan foydalangan holda) amalga oshrilmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va unumli foydalanish bugungi kunning muhim talablaridan biridir. SHuning uchun ham XXI asr - axborot asri deb aytilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan iqtisodiyotda keng foydalanish amalga oshirilayotgan islohotlarning, o’zgarishlarning bosh yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda, axborot texnologiyalari sohasida yuz berayotgan o’zgarishlar moliyaviy tahlil tizimida mavjud axborot tizimlarni takomillashtirish talab qiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida axborot tizimlaridan foydalanish samarasini oshirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:
Xorij mamlakatlarida(Rossiya Federatsiyasida) bugungi keng miqiyosda moliyaviy tahlil ni amalga oshiruvchi maxsus dasturiy ta`minotlar mavjud. Masalan, INEK-KFT, “INEK-Tahlilchi”, INEK-KMHT (korxonaning moliyaviy holati tahlili), INEK-Investor. Ushbu dasturiy ta`minotlardan
respublikamiz korxonalarining moliyaviy holatini tahlil qilishda keng miqiyosda foydalanish. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, rivojlanishining samaradorlik rejasini tayyorlash (inqirozga qarshi dastur), mahalliy va xalqaro standartlarga muvofiq biznes rejalarni baholash, daromadning omillilik tahlilini bajarish, moliyaviy barqarorlik va zararga qolmaslik nuqtalari hisoblab chiqish, korxonaning moliyaviy holatiga umumiy baho berish funktsiyalarini axborot tizimi asosida. Avtomatlashgan tartibda bajarishga imkon beradi.
jahon miqiyosida foydalanilayotgan korporativ axborot tizimining AT (SAP R/3, Sun System, Concord turlari moliyaviy buxgalteriya va nazorat (boshqaruv hisobi) integratsiyasini ta`minlovchi hisoblash va hisobotlarni shakllantirish tizimini respublikamida rivojlantirish.
Axborot tizimlarini korxonaning boshqaruv tizimiga, jumladan moliyaviy tahlil tizimiga joriy qilishda yuzaga keluvchi asosiy muammolardan biri – axborot xavsizligini ta`minlash masalasi hisoblanadi.
Axborot tizimida yuzaga keluvchi axborot xavfsizligini quyidagi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin:
Korxonaning imijiga etkaziluvchi zarar;
Amaldagi qonunchilikni buzilishi ortidan kelib chiqqan noshushliklar;
Ayrim xodimlarni shahsiy ma`lumotlarini ochiqlanishidan kelib chiqqan zarar;
Axborotni ochiqlashdan kelib chiqqan moliyaviy zarar;
Resurslarni tiklash bilan bog`liq moliyaviy zarar;
Majburiyatlarni bajarish imkoniyati yo’qotilishi bilan bog`liq zarar;
Faoliyatni izdan chiqarishdan kelib chiqadigan zarar;
Davlat organlari uchun milliy xavfsizlik yoki xalqaro munosabatlar.
Moliyaviy tahlilda joriy qilinishi rejalashtirilgan axborot tizimining axborot xavsizligini ta`minlash maqsadida dasturiy vositalardan hamda parol tizimidan kriptografiya usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Bundan tashqari, moliyaviy tahlil jarayonida qo’llanilayotgan axborot tizimini samarali boshqarish moliyaviy tahlil natijalarini haqqoniyligini, tezkorligini hamda kam chiqmliligini ta`minlaydi. Axborot tizimini boshqarish jarayonini takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:
moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimini joriy qilishdan oldin.
Uning marketing tadqiqotini amalga oshrish;
korxonaning moliyaviy, texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, uning axborotga bo’lgan zarurati asosida axborot tizimini joriy qilish( ayrim hollarda, internet vositasi orqali ham moliyaviy tahlilni amalga oshirish mumkin. Bu kam chiqim talab qiladi);
axborot tizimini ishlash jarayonini doimiy monitoringini amalga oshirish, zarur bo’lgan hollarda yangi axborot texnologiyalari bilan qayta jihozlash.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda respublikamizda korxonalar tomonidan moliyaviy tahlildan etarli darajada foydalanilmayapti. Moliyaviy tahlil jarayonida qo’llanilayotgan axborot tizimlari va axborot texnologiyalari takomillashtirishni talab qiladi. Buning uchun, axborot tizimini boshqarishni ilmiy asoslangan holda tashkil qilish zarur. Yuqorida tavsiya qilingan takliflarning amalga tadbiq qilinishi, nazarimizda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy faoliyatini moliyaviy tahlil qilish jarayonini takomillashishiga, moliyaviy tahlilda axborot tizimining ahmiyatini oshishiga hamda ularni samarali boshqarishga ko’mak beradi.
XULOSA
Bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonlarida moliyaviy tahlilning korxona va tashkilotlarni moliyaviy holatini, moliyaviy barqarorligini ta`minlashdagi ahmiyati yanada ortib bormoqda.
Bugungi kunda makro-iqtisodiy barqarorlik, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanar ekan, moliyaviy tahlilni va unning axborot tizimini boshqarish masalasini o’rganish, takomillashtirish zarur hisoblanadi.
Moliyaviy tahlilning ob`ekti, sub`ektlari, o’rganish predmetiga ega.
Moliyaviy tahlilni amalga oshirishda umum tadqiqot qonuniyatlariga asoslanadi.
Moliyaviy tahlili metodidan foydalanishda o’rganilayotgan moliyaviy ko’rsatkichlar bir-biri bilan o’zaro bog`liqlida hisoblanishi taqozo qiladi.
Moliyaviy tahlilning maqsadiga qarab mos tanlangan usul uning natijasini ob`ektiv bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy taxlilning muxim uslubiy jixatlaridan biri-voqea va hodislarni sabab-okibatlarga son jixatdan tavsif beradi.
Guruhlash, taqqoslash, mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, balans, zanjirli bog`lanish, iqtisodiy-matematik usullar moliyaviy tahlilni amalga oshirishda ko’proq foydalaniladi.
Iqtisodiy-matematik usullar guruhiga kiruvchi diterminat, matritsa, korrelyatsion, regratsion taxlil yordamida moliyaviy ko’rsatkichlar o’rtasida nofunktsional bog`lanish xarakteri o’rganiladi.
Gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslab, ko’rsatkichlarning dinamik o’zgarishi aniqlanadi.
Vertikal tahlilda moliyaviy ko’rsatkichlarning umumiy miqdorga nisbatan ulushi aniqlanadi.
Ko’rsatkichlar orasidagi funktsional bog`lanishlar mavjud bo’lgan hollarda ballansli bog`lanish, zanjirli bog`lanish usullaridan foydalaniladi.
Axborot tizimlari moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlarni jamlab beradi.
Moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlar moliyaviy hisobotlardan olinadi.
Shu sababli, moliyaviy hisobotda aks etgan ma`lumotlarning haqqoniy bo’lishi moliyaviy tahlil natijasining ob`ektiv bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy hisobot moddalari o’rtasidagi tenglik va moslikka rioya qilinishi, uning ma`lumotlarini haqqoniyligini ta`minlanadi.
Moliyaviy hisobotlar buxgalteriya hisobi registralarida aks ettirilgan ma`lumotlar asosida tuziladi.
Moliyaviy tahlilda qo’llaniluvchi dastlabki axborot tizimi buxgalteriya hisobini yuritishda foydalanilayotgan dasturiy ta`minotlar hisoblanadi.
Bugungi kunda, respublikamizda BEM, 1-S dasturiy ta`minotlari yordamida moliyaviy hisobotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Moliyaviy tahlilda qo’llaniluvchi axborot tizimlarini ilmiy asoslangan holda boshqarishni tashkil qilish natijasida xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini to’la qondiriladi, moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga mos keluvchi axborot tizimi joriy qilinadi, axborot tizimini saqlash xarajatlari optimallashadi.
Moliyaviy tahlil va uning axborot tizimini tashkil qilish, boshqarish jarayonlarida mavjud bo’lgan quyidagi muammolar aniqlandi:
korxona rahbariyati moliyaviy tahlilning mazmun-mohiyatini to’liq tushunmaydi;
moliyaviy tahlilning korxonaning barqarorligini tahminlashdagi, moliyaviy holatini yaxshilashdagi ahamiyatini yaxshi tushunmaydi;
moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi etuk mutaxassislar etishmasligi;
korxonada moliyaviy tahlilga ikkinchi darajali faoliyat sifatida qarash ruhiyatining mavjudligi
korxonaning moliyaviy-xo’jalik faolitining moliyaviy tahlili qo’l mehnati yordamida- axborot texnologiyalaridan foydalanmagan holda amalga oshrilishi;
korxonalarning axborot texnologiyalari bilan bog`liq moddiy –texnik bazasini mavjud emasligi, ayrim faoliyat yuritayotgan korxonalarda shaxsiy kompyuterlar va dasturiy ta`minotlar yo’qligi;
moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi korxona xodimlarini axbort texnologiyalari bo’yicha bilimlarini etarli emasligi.
axborot tizimini boshqarish borasida marketing tadqiqotini etarli darajada amalga oshrilmayotganligi.
Moliyaviy tahlilda axborot tizimlaridan keng miqiyosda foydalanish va ularni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:
korxona rahbarlari, tasischilar o’rtasida moliyaviy tahlilning ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish;
moliyaviy tahlini mohiyatini va moliyaviy barqarorlikni tahminlashdagi ahamiyatini ommaviy ravishda reklama qilish. Bunda, reklamaning barcha vositalaridan foydalanish(ommaviy axborot vositalaridan, bukletlardan, seminarlar tashkil qilishdan);
xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda tahlil faoliyati bilan shug`illanuvchi xodimlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
yangi tashkil bo’layotgan korxonalarning, shuningdek viloyat hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yuridik manzilda moliyaviy tahlilni axborot texnologiyalari asosida amalga oshrish uchun etarli shart-sharoit yaratish;
5..korxonalarning moddiy –texnik bazasini mustahkamlash, faoliyat yuritayotgan korxonalarni shaxsiy kompyuterlar va dasturiy ta`minotlar bilan ta`minlash;
moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi korxona xodimlarini axbort texnologiyalari bo’yicha bilimlarini oshirish.
joylarda axborot texnologiyalari bo’yicha maxsus kurslarni tashkil qilish(BEM, 1-S buxgalteriya dasturlaridan foydalanishni o’rgatish).
Xorij mamlakatlarida(Rossiya Federatsiyasida) bugungi keng miqiyosda foydalanilayotgan moliyaviy tahlilni amalga oshiruvchi maxsus dasturiy ta`minotlarni - INEK-KFT, “INEK-Tahlilchi”, INEK-KMHT (korxonaning moliyaviy holati tahlili), INEK-Investorlarni respublikamiz amaliyotiga joriy qilish;
jahon miqiyosida foydalanilayotgan korporativ axborot tizimining AT (SAP R/3, Sun System, Concord turlari moliyaviy buxgalteriya va nazorat (boshqaruv hisobi) integratsiyasini ta`minlovchi hisoblash va hisobotlarni shakllantirish tizimini respublikamida rivojlantirish;
Moliyaviy tahlilda joriy qilinishi rejalashtirilgan axborot tizimining axborot xavsizligini ta`minlash maqsadida dasturiy vositalardan hamda parol tizimidan kriptografiya usullaridan foydalanish;
moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimini joriy qilishdan oldin, uning marketing tadqiqotini amalga oshrish;
axborot tizimini ishlash jarayonini doimiy monitoringini amalga oshirish, zarur bo’lgan hollarda yangi axborot texnologiyalari bilan qayta jihozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |