- daraxtlar, daraxt to‟nkalari va katta toshlar bor joyda avtogreyder ishlashi mumkin emas;gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g„ildiraklari yoki traktorning gusenitslari bilan yo„l poyi cheti orasida kamida 1 m masofa
bo„lishi kerak;
-burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bo„lishi lozim;
-qiyalatgich va uzaytirgichni o„rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni tashqariga chiqarish va o„rnatish uchun ishchi ishlashi darkor;
- avtogreyder baland ko‟tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joylari talab qilinadi.
Katok bilan ishlaganda:- xavfsizlik texnikasi bo’yicha instruktaj
o‘tilganbo‘lishikerak; -haydovchi tibbiy ko‟rikdan o„tgan bo„lishi lozim;
-mashinani ishga tushirishdan oldin uning texnik jihatdan sozligini tekshirish darkor;-haydovchi mashina ishga tushganligi haqida ogoqlantiruvchi signal berishi shart; -katokko„tarmada ishlayotganda ko„tarmaning qoshigacha borishi mumkin emas;
-katokni qiyalikda to‟xtatib qo‟yish xavfli;
-ish tugaganidan so‟ng texnikalarni ish joyida qoldirib ketishga ruxsat berilmaydi; zichlash jarayonida bir necha katoklar ishlayotgan bo„lsa, oraliq masofani saqlash muhim ahamiyatga ega.
Avtosamosval bilan ishlaganda:
-haydovchilik guvohnomasiga ega bo„lmagan shaxslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin emas;
-yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikda harakatlanish kerak;
-avtomobil pasportida belgilangan me'yoridan ortiq yuk yuklashga ruxsat berilmaydi;
-avtlsamosvalga yuk ortilayotganda kabinida hech kim bo„lmasligi lozim;
-birinchi tibbiy yordam ko„rsatish uchun “aptechka”bo„lishi kerak.
Buldozer bilan ishlaganda:dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor ag’dargichi oldida odam bo‘lmasligi kerak;
to„xtash vaqtida ag‟dargichyerga tushirilgan bo„lishi lozim; 30‰ dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik darkor;
qiyalikka gruntni surayotganda ag‟dargichni qiyalikqoshidan o„tkazmaslik kerak;
ag‟dargichgruntga to„lgan yoki yerga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas; ag‟dargichtushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizishga ruxsat berilmaydi;
yomg„ir yog„ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas;
buldozerning osma uskunalarini o„rnatish va yechib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.