Respublikasi oliy va o‘rta



Download 6,05 Mb.
bet81/89
Sana21.03.2022
Hajmi6,05 Mb.
#505020
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
Bog'liq
2 5379572028594459972

3-bosqich Yakuniy (10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan
o’quvchilarni baxolaydi va rag’badlantiradi.
Uyga vazifaning berilishi:

Baholar bilan tanishtiradilar

Topshiriqlarni yozib oladilar












2. Uyga vazifa
mashq bajarish.




Mavzu: Inson biosfera omili sifatida. Inson faoliyatining biosferaga ta’siri. O‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish


Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan tubdan o‘zgartiruvchi ta’siri muqarrar hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, biosferada mavjud bo‘lgan moddalar va energiyadan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishning tobora ortib borishi, undagi aloqa va bog‘liqlik umumiy tuzilmasini qayta qurish natijasida jamiyatning biosferaga ta’siri muntazam ravishda kuchayib bormoqda. Inson faoliyati sayyoraning qiyofasini tobora kuchliroq o‘zgartirmoqda. Aholi sonining ortishi bilan insonning tabiatga nisbatan bo‘lgan ta’sirining kuchayishi bir vaqtda sodir bo‘lmoqda. Agar XVIII asr boshlarida Yer aholisi taxminan 600 mln kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda u 7,5 mlrd dan oshib ketdi.
Insonning biosferaga ta’sir qilish usullari. Jamiyat va tabiatning o‘zaro hamkorligi, tabiatdagi modda va energiyadan foydalanish, ko‘p sonli turlarning yo‘qolishi, tabiiy tizimlarning va butun boshli andshaftlarning keskin o‘zgarishi, ko‘p miqdordagi chiqindilarni atrof-muhitga chiqarib tashlanishi bilan namoyon bo‘ladi.Tarixiy taraqqiyot davomida insonlar Yerning moddiy jihatdan eng boy, qulay hududlariga ko‘chib o‘tgan va shu hududda mavjud bo‘lgan tabiiy biogeotsenozni tubdan o‘zgartirgan, shaharlar barpo etgan, sanoat obyektlarini va qishloq xo‘jaligi maydonlarini yaratgan. Bu bilan ular
ekotizimning qashshoqlashishi, yuzaga kelgan tabiiy majmualarning buzilishi va tirik organizmlar yashaydigan muhitlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Inson faoliyati natijasida suv, havo, tuproq ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanmoqda, o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, yovvoyi hayvonlar
qirilib ketmoqda, tabiiy biogeotsenozlar buzilmoqda. Buning natijasida biosferada moddalarning davriy aylanishi uzilib qolmoqda. Yerdagi ko‘plab geokimyoviy jara yon larning kechishi o‘zgarmoqda.
Biosfera ekotizimida atrof-muhitni radioaktiv yog‘inlar, ishlab chiqarishning gazsimon chiqindilari, yoqilg‘i mahsulotlari, turli-tuman kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi natijasida keskin ziddiyatli vaziyat yuzaga keldi. Sun’iy organik moddalar (masalan, polietilen, plastmassa buyumlar)ning ko‘pchiligini, hatto zamburug‘lar va bakteriyalar yordamida 172 biogen tarzda qayta ishlab bo‘lmaydi. Chunki ular biologik almashinuvga jalb etilmaydi, balki biosferada to‘planadi.

Biosferada uni barqaror holatda saqlashga yordam beradigan biologik xilma-xillik qisqarmoqda. Bugungi kunda turlarning yo‘q bo‘lib ketish sur’ati oldingi davrga nisbatan bir necha baravar yuqori ko‘rsatkichga ega. Yo‘qolib ketish arafasida turgan turlarning soni ortib bormoqda. Kishilik jamiyatining yashash muhitiga ta’siri natijalariga ko‘ra ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Insonlarning tabiatga salbiy ta’sir qilishi oqibatida mineral xomashyo, tuproq, suv zaxiralari ko‘rinishidagi tabiiy boyliklarni –


tabiat zaxiralarini isrof qilish, atrof-muhitni ifloslantirish, turlarni qirib tashlash, biogeotsenozlardagi oziq zanjirini buzish yuzaga kelgan. Bugun tabiatdagi boyliklardan oqilona foydalanish zaruriyati vujudga
keldi. Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish masalasida tabiiy boyliklarni tiklanmaydigan va tiklanadigan boyliklarga ajratish qabul qilingan.
Birinchi guruhga zaxiralari cheklangan foydali qazilmalar kiradi. Tiklanadigan tabiiy boyliklarning o‘zgarishini o‘rmon misolida kuzatish mumkin. Hozirgi kunda quruqlikning uchdan bir qismidan kamrog‘i o‘rmon bilan qoplangan (Antarktidadan tashqari). Biosfera evolutsiyasining dastlabki bosqichlarida bu ko‘rsatkich 70% dan kam bo‘lmagan. O‘rmonlarni yo‘q qilish, birinchi navbatda, sayyoraning suv rejimini keskin ravishda buzadi. Tuproq strukturasining yuqori qatlamlarining o‘zgarishi hisobiga suv ushlanib qolmaydi. Yer yuzining o‘rmonsiz joylari suvni to‘plash va ushlab turishga qodir yumshoq, chirindilarga boy tuproq qatlamidan mahrum bo‘ladi. Yerosti suvlarining zaxiralari kamayadi, daryolar sayozlashadi. Ularning osti loyqa bilan qoplanadi, bu esa o‘z navbatida, baliqlarning uvildiriq sochish joylarining yo‘qolishiga va ular sonining qisqarishiga olib keladi. Tuproqning unumdor qatlamini qor erishidan hosil bo‘lgan suvlar va yomg‘irning shiddatli oqimlari ta’siri yuvib ketadi, o‘rmon to‘sib qolmaydigan shamollar ta’sirida esa nuraydi. Natijada tuproq yemirilishi yuzaga keladi. O‘rmonlarni kesish bilan ularda yashovchi qushlar, hayvonlar, hasharotlar nobud bo‘ladi. Natijada qishloq xo‘jaligi zararku nandalari hech qanday qarshiliklarsiz ko‘payishni boshlaydi. O‘rmon havoni
changlardan tozalaydi, xususan, u radioaktiv yog‘inlarni ushlab qoladi va ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni o‘rmonlarni kesish havoning o‘zini o‘zi tozalash kabi vazifalarni bajara olmaydi.
Shu tarzda yerdan noto‘g‘ri foydalanish tufayli, tuproq yemirilishi oqibatida insoniyat dehqonchilik uchun deyarli yaroqsiz holga kelib qolgan juda keng hududlarni yo‘qotdi. Shunga o‘xshash vaziyat O‘rta Osiyo mintaqasida ham
Amudaryo va Sirdaryo suvlarining katta qismi paxta va sholi maydonlariga yo‘naltirilgan paytdan boshlab paydo bo‘ldi. Natijada Orol dengizining ko‘lami tez toraya boshladi, uning sho‘rlanish darajasi keskin oshib ketdi. Uning yuzasidan suvning bug‘lanish darajasi kamaydi,
mintaqadagi iqlim esa ancha quruqlashdi. U yerda va unga tutash hududlarda yashaydigan hayvon va o‘simlik turlarining katta qismi yo‘q bo‘lib ketdi. Hozirgi kunning jiddiy muammolaridan biri – birinchi navbatda, sanoat korxonalari tomonidan karbonat angidrid gazi atmosferaga ko‘p miqdorda
chiqarib tashlanmoqda, uning katta qismini o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayoniga jalb etilib bo‘lmasligi tufayli sayyora iqlimining asta-sekin isishi yuz bermoqda. Oqibatda bu gaz atmosferaning yuqori qatlamlarida to‘planmoqda va issiqxona deb nomlanuvchi ta’sirni vujudga keltirib, tabiiy
issiqlik almashinuviga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bilan birga atmosfera va Yer yuzasining yuqori qatlamlarida harorat uzluksiz oshib bormoqda. Bu Arktika va Antarktika muzliklarining erishiga olib keladi va qutb doirasiga yaqin ekologik tizimlarning buzilishi yuz beradi. Dunyo okeani
sathining ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy dori vositalari tabiiy muhitni ifloslantirmoqda.
Insonlarning biosferaga salbiy ta’siri jumlasiga hayvonlarni tartibsiz ovlash, suvo‘tlarini yig‘ish, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini chiqarib tashlash natijasida suv, havo, tuproq kimyoviy tarkibining o‘zgarishi kiradi. Shu bilan birga nafaqat Yerdagi yovvoyi o‘simlik va hayvonlar soni kamayadi, balki ularning tabiiy yashash muhitlari yo‘qoladi.
Insonning tabiatni o‘zgartiradigan mehnat va ijodiy faoliyati aholining hozirgi va kelajakdagi farovonligiga zamin yaratadi. Insoniyat tabiatga ta’sir qilishning kuchli omillariga ega, tabiatga ilmiy asoslangan holda ta’sir ko‘rsatish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish natijasida ijobiy natijaga erishish mumkin.
Tabiatdan oqilona foydalanish – insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari tabiiy boyliklarni oqilona o‘zlashtirish, o‘z faoliyatining salbiy oqibatlari oldini olish, madaniy landshaftlarni yaratish, kamchiqindi va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini tatbiq etish, ekologik toza yoqilg‘i turlarini yaratish, tabiiy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, shamol, quyosh energiyasi, to‘lqin energiyasi, daryo oqimi energiyasi kabi ekologik
jihatdan toza va tiklanadigan energiya manbalari, o‘simliklar mahsulotlaridan bioyoqilg‘i olish va undan foydalanish – tabiatdan oqilona foydalanish yo‘llaridan biri sanaladi.
Kamchiqindili texnologiyalar – qayta ishlanayotgan xomashyo va chiqindilardan imkon qadar to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur texnologiya asosida moddalar atrof-muhitga nisbatan zararsiz holatda qaytadi.Tabiiy boyliklardan ilmiy asoslangan holda, oqilona foydalanish ijobiy natijaga erishish imkonini beradi.

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish