7-jadval. O‘quv loyihalari turlarining mohiyati
Axborotli
loyihalar
|
Tadqiqot
loyihalari
|
Amaliy loyihalar
|
Maqsadi
|
Muammoga oid ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish,
umumlashtirish, mohiyatini yoritish, muammoni hal etish usul va vositalarini tavsiflash, ularning
ahamiyatini asoslash
|
Tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammo izohini
asoslash, kelgusida rivojlanish uchun yangi muammolarni asoslash
|
Muammoni hal etish usul va
vositalarini ishlab chiqish
|
Natijasi
|
Maqola, referat, ma’ruza, keys va b.
|
Hisobot, ma’ruza, keys va b.
|
Harakatlar dasturi, biznes-reja, keys, strategiya, tavsiya, ma’lumotnoma to‘plami
va b.
|
Loyiha mavzusi (namuna)
|
Pedagogning ta’lim jarayoniga innovasion yondashuvi o‘qitish sifati va samaradorligini kafolatlay oladimi?
Pedagogning innovasion faoliyati aynan
|
Ish tajribasidan qat’iy nazar har bir pedagog innovator bo‘la oladimi?
Pedagogning innovatorlik
|
Pedagogning innovasion faoliyat
malakalarini o‘zlashtirish dasturi.
Pedagogning innovasion faoliyatni
tashkil etish
|
nimalarda aks etadi?
|
faoliyati darajasi
|
strategiyasi
|
O‘quv loyihalari muayyan topshiriq bo‘lib, uning natijasi oddiy bir mahsulotni tayyorlash (m: texnologik xaritani tayyorlash, biror-biror model, deylik, dizaynerlik modelini yaratishdan iborat bo‘ladi. Biroq, ayni o‘rinda shuni ham qayd etish kerak, “loyiha” tushunchasi negizida hamisha ham amaliy harakatlar natijasia tayyorlangan biror-bir mahsulot tushunilmaydi. Chunki loyiha doirasida nazariy, amaliy va metodik xarakterdagi g‘oyalarni yaratish negizida mahsulotni yaratishga to‘g‘ri keladi.
O‘quv loyihalarini tayyorlashda amaliyot o‘qituvchisi muhim o‘rin egallaydi. Uning zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi. Ular:
loyiha ishi uchun muayyan mavzu, muammoni belgilash;
loyiha topshiriqlarini ishlab chiqarish;
loyiha ishini o‘quv jadvaliga kiritishi;
loyiha jarayonini modelini avvaldan ishlab chiqish, topshiriqlarni talabalarning imkoniyatlariga moslashtirish;
Amaliyot o‘qituvchisi avvaldan quyidagi material va hujjatlarni tayyorlab olishi lozim:
- loyiha (chizma, elektrosxema)lar;
- loyihaga taalluqli topshiriqlar bayoni;
- ma’lumot yig‘ishga oid yo‘naltiruvchi savollar;
- o‘quv maqsadlarni yoriuvchi ma’lumotlar
Amaliyot o‘qituvchisi ta’lim jarayonida talabalarning faoliyatlarini nazorat qilib borai va nazorat natijalarini “Nazorat protokoli”ga qayd etadi. Protokol talabalarning faoliyatini baholashga doir mezonlarga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |