Ta’limning individuallashtiruvi har bir talabaning
individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70 % ni, majburiy fanlar esa 30 % dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70 % ni, auditoriyadagi ishi esa 30 % ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’limning samaradorligi guruhda individual o‘qitishli auditoriya mashg‘ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual o‘qitishga, shuningdek umumiy o‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o‘quv fanlarining talabalar tomonidan o‘z qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu asosida ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari – YeSTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi:
majburiy fanlar;
talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar. Ular taxminan 1:2 nisbatda bo‘ladi.
Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qituvchini tanlash huquqiga ega.
Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, ko‘pi bilan 7 ta bo‘lishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan ko‘pligi o‘ziga xos jihatlar sanaladi.
Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi. Unda talaba o‘qiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda o‘z mamlakatida olgan baholari to‘g‘risidagi ma’lumot beriladi.
O‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘ladi:
Modul-kredit tizimiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganishiga asoslanadi.
Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular talabalarga modul- kredit tizimi bo‘yicha muvaffaqiyatli ta’lim olish shartlaridan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi:
O‘quv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriya o‘quv yuklamasi 36, talabalarning haftalik mehnat sarfi o‘rtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan.
Modul-kredit tizimi bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejasi ta’lim jarayoni uchun asosi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv faoliyatining turlari bo‘yicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi. O‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday kechadi (4-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |