O‘qituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.
Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).
Tyutor (lot. “tutorem”) – o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).
Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.
Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi. Mazkur tizimda o‘qitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
O‘quv kurslarida bir tinglovchining o‘rniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning o‘rniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferensiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi.
Masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi.
Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikasiya vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar o‘rni elektron o‘quv-axborot resurslari, dasturlari bilan to‘ldirilmoqda.
Masofadan o‘qitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi:
- eksternat asosida o‘qitish;
- bir universitet negizida o‘qitish;
- bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
- maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari;
- avtonom o‘qitish tizimlari;
- multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
- yagonalik modeli va b.
Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi modellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (26-rasm):
Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |