Respublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 50,81 Kb.
bet7/8
Sana16.12.2022
Hajmi50,81 Kb.
#887876
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANG`IH SINF O‘QITUVCHISI

Zamonaviy dars ... Bu so‘z pedagogik davralarda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda bu jarayonga pedagog, psixolog, metodistlarning ish faoliyatlarida o‘z tasavvuri va o‘z uslubi bilan qo‘llanib, betakror va yangicha bir dars mezonini yaratishga harakat qiladi. Bu jarayonni boshqarishda ularning maqsadlari mushtarakdir. Negaki, har bir pedagog dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilarga tarbiya berib, ular ongida bilim, ko‘nikma, malakalarni ketma-ket uzviy holda hosil qilishi o‘z maqsadiga aylantiriladi. Bu haqda buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining dars berishga, o‘ylashga majbur eta olish, eng muhimi o‘quvchida mustaqil ishlash istagini uyg‘otish zarurligini bundan yarim asr muqaddam ta'kidlagan edi. Zamonaviy darsning talabi ham bu ulug‘ olim fikriga monandir.
Sharqning benazir olimi, donishmand Abu Ali inb Sino o‘zining "Donishnoma" kitobida tarbiya va ta'lim xususida fikr, yuritib, har bir shaxsning o‘ziga xos nihoyasini o‘zi-o‘zidan paydo bo‘lmasdan, balki shaxs rivojlanishi jarayonida qay tarzda vujudga kelishi juda aniq tasvirlab bergan. Ya'ni, endi tug‘ilgan go‘dakda faqattina hissiyot bo‘lishini, shaxsning boshqa psixologik xususiyatlari: diqqat, idrok, xotira, tafakkur esa shaxs tarbiyasi davomida paydo bo‘lishini alohida uqtirgan.
Demak, shundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilarda, darsga kirgan vaqtda faqattina hissiyot xukmron. O‘quvchidan yuqorida ta'kidlangan ketma-ketlik (diqqat, iroda, idrok, xotira, tafakkur) esa o‘z o‘rnida kelishi va ular tafakkurida yuqori darajali bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish o‘qituvchining mahoratiga bevosita bog‘liqdir.
Zamonaviy darsning poydevori tarbiya turlarining o‘quvchiga singdirib, ularga ta'lim berishini taqozo etadi. Olimlarning fikricha, har qanday dars 10 ta talabga javob berishi lozim.
-Tarbiyaviy maqsadni ta'lim bilan mushtarkaligi.
-Mavzu mazmunning ilmiyligi.
-Darsda manbani hayot bilan bog‘lash.
- Kasbiy yo‘nalishga qaratilganligi.
-Mavzu mazmuniga mos vositalarini qo‘llash.
-O‘quvchining mustaqil malakalarini mutahkamlashga qaratilishi.
-Mavzu mazmuniga mos metod va usullardan foydalanish.
-Fanlararo bog‘liqligi.
-Tug‘ilib o‘sgan joy bilan bog‘liqlikni ta'minlash.
-Ekologik tarbiya.
O‘qituvchi dars jarayonida bu bosqichlarni amalga oshirishi davomida o‘quvchilarda namunali tarbiya sifatlarini (axloqiy, aqliy, jismoniy, mehnat va boshqalar) singdirish, ma'naviy dunyoqarashni shakllantirish, ta'limning hayotiyligiga sharqona did va nafosatga tabiatni, Vatanni e'zozlashga qaratilgan fazilatlarni shakllantiradi. Sanab o‘tilgan talablar asosida o‘tkazilgan dars zamonaviy dars bilan hamohangdir.
O‘qituvchi fan xulosalaridan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanishi jarayonida, o‘zi turli usullar va metodlardan foydalanadi.
Muffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo‘lishi uchun ozmexnat sarf qilib katta natijaga erishadi.
O‘qituvchilik kasbini bitirgan bilan bu soxada ishlash oson bulmaydi. Ko’p yillar o‘qituvchilik kilgani bilan mahoratsiz o‘qituvchilar ham bo’ladi. O‘qituvchi mahoratli, o‘qituvchi nomini olishi uchun o’z ustida doimo ishlashi kerak. Mahoratli o‘qituvchilar darsini kuzatib, o’z darsini unga takkoslab xulosa chikarish kerak. Boshlang’ich sinflarga dars berishdan anchagina ark qiladi. O‘qituvchi ular uchun taxlid qiladigan ideal, namuna ular nusxa olishga intiladigan axlok soxibi xisoblanadi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi doimo bolalar orasida bulib, uning harakatini nazorat qilib boradi, o’z nutkini ko’zatadi va shaxsiy xulk adobi bilan bolalardi kollektivdagi o’zaro munosabatlarini tugri bo‘lishiga da'vat etadi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o’quvchilar uchun kizikarli ishlarni tashkilotchisi va ijrochisi rolini bajaradi, chunki o’quvchilar xali ko’p narsa bilmaydi. U sinfdan tashqariri rang barang faoliyati jarayonida mextansevarlik, ishda orkada koluvchilarga yordamga kela olishi namunasini ko’rsatadi.
Agar maktabning Boshlang’ich sinflarida bolalar kollektivi bilan olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishni o‘qituchi olib borsa, boshka sinflarga direktor buyrugi bilan mazkur sinflarda dars beradigan eng tajribali pedagoglar sinf rahbarlari qilib tayinlanadi.
Qobiliyat faoliyati jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlik, mashq, o’qish natijasi xisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste'dod, layokat va zexn, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo‘lishi ham bo‘lishi zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruxiy xususiyat tarakkiy etadi.
Bilish qobiliyati - fanning tegishli soxalariga oid qobiliyatlidir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o‘qituvchi fanini o’quv kursi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o’z fani soxasidaga kashfiyatlarini hamisha kuzatib turadi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nixoyatda kixzikadi, oddiy tadkikot ishlarini ham bajaradi.
Tushuntira olish qobiliyati-o’quv materialini o’quvchilariga tushunarli qilib bayon eta olishi o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashda qiziqish uygotish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur xollarda o’quv materialining o’zgartila olishi, qiyin narsani tushuntira olishi, tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi zarur.
O‘qituvchi yuqorida ko’rsatilgan qobiliyatlardan tashqariri bir qancha ijobiy sifatlariga aniq maqsadni ko’zlash, kamtarlik kabilar bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta’lim islohotlari an’anaviy ta’lim turlaridan farqli o’laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshlang’ich ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o’qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarurdir.
Boshlang’ich sinflarda ko’zda tutilgan ta’lim samaradorligi boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida e’tirof etilgan g’oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o’quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o’qitishning innovasion g’oyalari va vositalariga bog’liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan boshlang’ich sinf o’qituvchisining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo’ladi. Yuqori sinf o’qituvchisi tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning fundamental asoslari va umumiy qonuniyatlari, ularni kishilik jamiyatidagi o’rni va hamiyatini tizimli o’rgatishga, bilim berishning differensial jihatlariga ko’proq maqsadni yo’naltirsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta’lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, matematika, ona tili, tabiat, inson va jamiyat ta’lim sohalarining ilmiy- nazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o’rgatishga, ya’ni integrativ ta’lim berishga yo’naltiradi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolani o’yin faoliyatidagi elementlarni ta’limiy faoliyatga yo’naltirishni boshqara olish, mas’uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o’quvchilarni istak-xoxishlariga e’tiborli bo’lish, shuningdek ezgulikni qadrlab istiqbolli kelajakni ko’zlash fazilatlarining shakllanishiga mas’ul tarbiyachi hamdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri- ta’limiy faoliyatni boshlang’ich va umumta’lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang’ich ta’lim bosqichi fanlarining o’zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir.
Hozirgi vaqtda shahar va tuman maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatida ko’plab muammolar, jumladan, boshlang’ich ta’limning xususiy fanlarini o’qitishda noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish jarayonidagi kamchiliklar; o’quvchilar bilimini baholashdagi noaniqliklar; o’quvchilarning psixologik holatlarini his qila olmaslik va natijada ularda o’quv jarayoniga nisbatan motiv uyg’ota olmaslik; o’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlay olmaslik; didaktik tamoyillarning mohiyatini to’liq tushunib yetmaganligi sababli ularga rioya qilmaslik holatlari ko’zga tashlanmoqda. Bu masalalarning ijobiy yechimini topmasdan turib, boshlang’ich sinflarda ta’lim sifati va samaradorligi to’g’risida gapirib bo’lmaydi.

Xulosa


Dunyodagi kasblar orasida eng murakkabi o‘qituvchilik kasbi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchidan ijobiy sifatlarni rivojlantirishi, aksincha salbiy qusurlarini bartaraf etish uchun yillar mobaynida tinimsiz harakat qiladi.
Barkamol avlodni tarbiyalash, ularda o‘z mavqyeini anglash va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishida imkoniyat yaratib berish o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi xisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos xususiyatlari va sifatlari o’rganish jarayonida ham o‘ziga xoslikka ega.
O‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlari va sifatlari bir kunda, yoki bitta fanni o‘qitish bilan chegaralanmaydi. U shunday murakkab xususiyatga egaki, ko‘chuvchan, ohandor, muloyimlik, qat'iylik, ta'kidlovchi, yalinuvchi, egiluvchanlik, mulohazalilik talab etadi.
Biz o‘z kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki o‘qituvchi har qanday vaziyatda holatda ham o‘qituvchi sifatida olib borilayotgan ob'ektlarning psixologik xolatlarini hisobga olsagina o‘zida shakllangan madaniyatini yana ham yuksaltirar ekan. Shu bilan birga o‘qituvchi mehnati qanchalik serqirra bo‘lmasin baribir u o‘zida o’qituvchilik madaniyatini rivojlantirib borishi uchun muntazam badiiy adabiyot o‘qib borishi, tajribali pedagoglarning muomala va muloqot jarayonlarini muntazam kuzatib borishlari lozim ekan.
Biz Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos xususiyatlari va sifatlari o’rganishda quyidagilarga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq deb hisobladik:

  1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalari. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga qo‘yiladigan pedagogik talablar. O‘qituvchining ta'lim berish, o‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash yo‘llari.

Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi mahoratining shakllanishining asosiy bosqichlari o’rganib chiqdik.

  1. O‘qituvchi qay darajada o‘z kasbiga mehr ko‘rganligiga bog‘liq.

Chunki inson o‘z kasbini chin dildan sevsa va undan faxrlansa albatta shu kasbning barcha jihatlarini mukammal rivojlantirishga intilib yashaydi.

Download 50,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish