Respublikasi oliy va o'rta maxsus



Download 5,65 Mb.
bet103/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

  1. Fayziev Sh.N., Dusmuratov R.D., Karimov A.A., Kuziev I.N., Avlokulov A.Z. Audit: Darslik -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2015y. — 430 b.

  2. Tuychiev A., Qo'ziev I., Avloqulov A., Sherimbetov I., Avazov I. Audit. Darslik. — T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. — 620 b.

  3. Kuziev I., Tuychiev A., Xojiev M., Yakubov M. Vnutrenniy audit. “Iqtisod-Moliya”, 2019 g. — 421 str.”

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik l-jild. M.M.Tu1axodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tu1axodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2000 yil 26 may. 78-II-son.

  8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946- son Qarori. http://1ex.uz

  9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini” faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yi1i"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5635-sonli Farmoni. https://nrm.uz

  10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yi1 12 maydagi 274-sonli

«Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta'min1ash bo'yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori. http://lex.uz

  1. O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 21 dekabrdagi “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi 3105 sonli buyrug'i. http://lex.uz

  2. Audit va sifat nazoratining xalqaro standartlari. 2012. I qism, 3-ji1d. -T.: O'BAMA, 2014.- 1049 b.

  3. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  4. Arens A., Lobbek Dj. Audit. Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. - M.: Finansi i statistika, 2013. -560s.

  5. Fayziev Sh.N., Karimov A.A. Audit. Uchebnoe posobie. —T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013.

-S. 157-158.

  1. Sheremet A.D., Suyts V.P. Audit. Uchebnik.- M.: INFRA-M, 2009. -456 s.

  2. Qo‘ziyev I.N., Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. Ichki audit. O'quv qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015. 198 bet.

  3. http://www. gov.uz. (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali)

  4. http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  5. http://www.ziyonet.uz (Axborot ta'1im tarmog‘i)

  6. http://www.lex.uz (O‘z. Resp. qonun huliatlari ma'lumotlari milliy bazasi).

  7. https://www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  8. https://www.naab.uz (O'zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  9. https://www.stat.uz (O'zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  10. https://www.uzaudit.uz. (O'zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)

15-MAVZU. MEHNAT HAQI HISOBI VA TO'LASH JARAYONI AUDITI


15-MAVZU. MEHNAT HAQI HISOBI VA TO'LASH JARAYONI AUDITI


REJA:

  1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me'yoriy asoslari

  2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari

  3. Mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi

  4. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo'yicha hisob-kitoblarni tekshirish

Tayanch so'z va iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to'1ash shakllari, ishbay, vaqtbay, nafaqa, minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to'1ov1ar, ish haqidan soliqlar va majburiy to'lovlar, ijtimoiy to'1ov1ar, shartnoma to'lovlari, ishchi va xizmatchilar, ishchi va xodimlar, ta'rif setkasi.

    1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me'yoriy asoslari.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o'zgarishlar kiritilmoqda. Buning natijasida mehnatga haq to'1ash, xodimlarni iqtisodiy qo'llab quvvatlash va himoya qilish tartibi va yo’nalishlari bo'yicha olib borilayotgan siyosat ham o'zgarmoqda.
Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo'llab quvvatlash va himoya qilish bo'yicha ko'pchi1ik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning zimmasiga o'tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to'lash shakli, tizimi, miqdori va moddiy rag'batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o'zgardi, chunki uning tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar qo’shildi:

    • moliyalashtirish manbaidan qat'iy nazar har xi1 mukofotlar, qo’shimcha va ustama to'lovlar, ijtimoiy imtiyozlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta'ti1, bayram kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub'ektning mulkiga qo'shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi.

Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub'ekt faoliyatiga qo’shgan ulushi va sub'ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog'liq bo'1adi. Ushbu daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub'ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o'rtasida tuzilgan jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo'lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi mehnatga haq to'1ash shartlari aniq va ravshan ko'rsatib o'tiladi.
Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi inflyatsiya natijasidagi aholining ko'rgan zararini va daromadini indeksatsiya qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan byudjetdan tashqari jamg'armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg'armalari, bandlik jamg'arma1ari va hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu jamg'arma1arni tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg'arma1ar maxsus maqsadli ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadilar, o'zining mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va tadbirlarni o’tkazish uchun moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mehnat va unga haq to'lashni hisobga olish sub'ektning hisob tizimida va auditida asosiy o'rin1ardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan tashkil topadi:

  1. xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa to'1ov1arni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) o'z vaqtida amalga oshirish;

  2. ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va tegishli ajratmalarni o'z vaqtida va to’g'ri qo’shish;

s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma'1umot1arini tayyorlash uchun mehnat va unga haq to'1ash bilan bog'liq ko'rsatkichlarni yig'ish va guruhlashtirish;
d) ijtimoiy sug'urta, pensiya va badallik jamg'armalari bilan hisoblashishni o'z vaqtida va to’g’ri amalga oshirish.
Mehnat va unga haq to'lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu yo’nalishdagi mab1ag'1ardan foydalanish, mehnat haqi jamg'armasini shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo'lgan to'lovlarni amalga oshirish ustidan tezkor nazorat o'rnatishni ta'minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalarni o'z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy manbalar bo'lib quyidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
-O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
-O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
-O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
-“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Xo'jalik yurituvchi sub'ekt1arning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo'llash to’g'risida yo’riqnoma” 21-son1i O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS).
-O'zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari.
-Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54-son bilan tasdiqlangan (o'zgartirishlar bilan).




    1. Download 5,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish