Respublikasi oliy va o'rta maxsus



Download 5,65 Mb.
bet112/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi

Ko'pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta'sischi1ar ulushi oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya, ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo'1adi. Keyingi yillarda ko'p1ab murakkab moliyaviy instrumentlarning paydo bo'lishi majburiyatlar auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida ham ayrim muammoli tomonlarni keltirib chiqarmoqda.
Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim hisoblanadi:

    • Qo’shimcha aktsiya chiqarish. Bu naqd pulga, xizmatga, konvertatsiyalanadigan majburiyatga qo'shimcha chiqarish bilan bog'1iq kelishuv

    • Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish

    • Dividendlarni to'1ash

Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo'lganligi bois ularni to'1iq tekshirish maqsadga muvofiq. Noto g'ri ma'lumotlarni to g'ri deb qabul qilishning oldini olish maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o'rnatgan bo'1sada, nazorat vositalarini yaxshi o'rganishi kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan o'rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va tizimini o'rganishi zarur. Agar mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko'rinishida bo'1sa, moliyaviy hisobotlar yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak.
Ko'pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog'liq bitimlar, dividendlar hisob kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend agentiga ega bo'1adi. Ushbu xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas'u1 bo'1ib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan hisobotlar ham berib turadi. Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga qo'shib aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta'kidlangan shtat birliklar mavjud bo'lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni ishonchli deb baholashi mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog'1iq operatsiyalarni yurituvchi mustaqil shtat birligi bo'lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni amalga oshirsa, auditor etarlicha dalil olishi uchun qo'shimcha audit amallarini bajarishi lozim bo’ladi.
Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo'1gan axborotlar:

      • Ulushlar va dividendlar bo'yicha bitimlar korxona ustavida nazarda tutilganligi (kelib chiqishi);

      • Barcha ulushlar va dividendlar hisobda zarur darajada, talabga muvofiq yuritilganligi (aniqlik);

      • Ulushlar va dividendlar bo’yicha barcha bitimlarning tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi (ruxsat etilganligi);

      • Barcha ulush va dividendlar talab darajasida baholanganligi (baholash).

Ulushlar va dividendlar bo'yicha bitimlarning kelib chiqishi. Korxonadagi xodimlardan biri, masalan, korporativ kotib yoki yuristkonsultant ulushlar va dividendlar bo’yicha amalga oshirilayotgan har bir bitim ustavda nazarda tutilganligi hamda qonuniyligini nazorat qilishi va tasdiqlashi lozim. Shuningdek, ushbu xodim har bir aktsiyadorning ism sharifi va unga tegishli aktsiyalar miqdorini o'zida jamlagan buxgalteriya kitobini yuritishi maqsadga muvofiq.
Aniqlik. Bu tasdiqnomaga erishish uchun aktsiyadorlarning aktsiyalar miqdori, umumiy hisoblangan va to'1angan dividendlar bo’yicha taqdim etilgan hisobotlardan qoniqish hosil qilganliklari yoki e'tiroz1ari mavjudligini o'rganish kerak.
Ruxsat etilganlik. Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha bitimlar direktorlar kengashi davomida ma'qu11anib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor
ushbu hujjatlarni o'rganib chiqishi kerak bo'1adi.
Baholash. Chiqarilgan, so'ndirilgan aktsiyalar, hisoblangan dividendlar me'yoriy huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi kerak. Auditor bunday hollarda hisob kitoblarni qaytadan mustaqil amalga oshirishiva har ikala summalarni solishtirishi mumkin.
Agar korxonada xodimlar soni etarlicha bo'1sa mas'u1iyatlar quyidagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq:

  • E'lon qilingan aktsiya va dividendlarning tasdiqlovchi hujjatlarini tayyorlovchi xodimlar buxgalteriya ishida mas'u1 bo'1mas1iklari kerak;

  • Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim buxgalteriyadagi bosh kitob bilan ishlash huquqiga ega bo'1mas1igi maqsadga muvofıq;

  • Aktsiyadorlarning to'liq hisobotlarini yurituvchi xodim shuningdek, korxona pul tushumlari va to'1ovlari bilan shug'u1lanmas1igi maqsadga muvofiq;

  • Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, hujjatlarni tayyorlash, buxgalteriya o'tkazma1arini berish, tasdiqlash va dividendlami jo'natish bir birini nazorat qila olsin.

Ustav kapitali asosan oddiy va imtiyozli aktsiyalardan iborat bo'1adi. Oddiyva imtiyozli aktsiyalarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor bu bitimlarning kelib chiqishi, to'1iq hisobga olinganligi, to’g'ri baholanganligini tasdiqlashga harakat qiladi. Ustav kapitalini tekshirishda auditor joriy davrda harakatda bo'1gan barcha schetlarning garfıgini o'rganib chiqadi. Davr boshidagi qoldiq ishchi hujjatlar bilan, davr oxiridagi balans moddalari boshkitob ma'lumot1ari bilan muvofiqligini ko’rib chiqadi.

Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish