Operatsiyalar kelib chiqishi va to’liqligi. Ustav kapitaliga taalluqli barcha operatsiyalar direktorlar kengashi tomonidan ma'qu11angan bo'lishi kerak. Shuning uchun auditor, har bir bitim joriy yildagi direktorlar kengashi bayonnomalarida keltirilgan yoki yo’qligini nazorat qilish zarur. Agar korxonada aktsiyadorlar hisobotini yurituvchi mustaqil shtat birligi yoki agent xizmatidan foydalanilsa, ushbu shtatdagi xodim ma'lumoti bilan buxgalterning bosh kitobidani ma'lumot solishtiriladi. Raqamlar bir biriga muvofiq kelsa, auditor o'zi to'plagan dalillarni ishonchli deb qabul qilishi mumkin.
Agar korxona bunday xodim xizmatidan foydalanmasa aktsiyadorlar reestri yoki aktsiyadorlar kitobidan ma'lumot olinadi va uning to’g’riligi quyidagi audit amallari yordamida tasdiqlanadi:
Aktsiyalar taqsimlanishini aktsiyadorlar reestr iva bosh kitobdagi ma'1umotlar bilan solishtirish;
Barcha rad etuvchi ma'lumotlami o'rganish;
Baholash. Ustav kapitali pul ko’rinishida kiritlgan bo'1sa uning baholanishi oson bo'1adi. Baholanishdagi muammo ustav kapitali aktiv ko’rinishida, xizmatlar ko’rinishida, konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog'oz ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilgan hollarda paydo bo'ladi.
Berilgan ma'lumot1ar to'liq1igiga erishish uchun aktsiyadorlar hisobotlarida quyidagi punktlarda ochib berishlar va izohlar keltirilishi kerak. Quyidagi jadvalda shu haqda malumot berilgan
Aktsiyadorlarga ochib berish va izohlar talab qiladigan punktlar
1
Aktsiyalar soni, shuningdek qo'shimcha chiqarilgan va so’ndirilgan, oddiy va imtiyozli
aktsiyalar soni bo'yicha
2
Imtiyozlar, imtiyozli aktsiyalar narxi va sanasi bo'yicha
3
Imtiyozli aktsiyalarning amortizatsiya fondlari haqida
4
Optsionlar va sotib olishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog'oz1ar
5
Taqsimlanmagan foyda va dividendlarga qo’yilgan cheklovlar
6
Aktsiyadorlar manffatlariga u yoki bu tomondan ta'sir ko’rsatuvchi barcha tugallangan bitimlar
Korporativ ustavga yoki qarz kelishuvlariga rioya qilinmaslik nuqtai nazaridan odatda barcha e'lon qilingan hamda to'1angan dividendlar tekshiriladi. Yuqorida aytilgandek, agar korxonada mustaqil dividend agent mavjud bo'1sa auditor ulardan olgan ma'1umotini dalil sifatida ishlatishi mumkin. Yoki ushbu summani direktorlar kengashi hujjatlarida ko'rsati1gan summalar bilan
solishtirib, yoki o'zi e’1on qilingan dividendlarni qayta hisoblab ko'rishi mumkin. Agar auditor mijoz korxonadagi dividendlar to'lanishi yuzasidan nazorat tizimi ishonchli emas deb hisoblasa, har bir dividend oluvchi aktsiyadordan buxgalteriya kitoblaridagi va hujjatlaridagi summalarning to'langanligi haqida so'rashi mumkin. Shuningdek, auditor dividendlar to'lanishidagi cheklovlarning hujjatlarga qay darajada muvofiqligini ham o'rganib chiqishi kerak bo'ladi.
Taqsimlanmagan foyda auditi. Korxonalarda taqsimlanmagan foyda foydadan ajratma, yoki joriy yil yo’qotishlari, pul ko'rinishida yoki dividend ko'rinishida kiritilishi mumkin. Buxgalteriya standartlariga muvofiq bir qancha operatsiyalar borki, ular to g'ridan to g'ri taqsimlanmagan foyda bilan bog'liq1ikda amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlanmagan foydani tekshirishda qo'shimcha audit amallarini bajarishga to’g'ri keladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirish, rezerv kaitalidan imtiyozli aktsiyalarga dividendlar to’lash bu kabi operatsiyalar jumlasiga kiradi.
Taqsimlanmagan foyda auditi shu schet bo’yicha faoliyatlar garfigini o'rganishdan boshlanadi. Davr boshidagi qoldiq hujjatlar bilan muvofi kelishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risida hisobot tuzilgunga qadar bo'1gan foyda va xarajatlar qadamba qadam o'rgani1ishi maqsadga muvofiq. Barcha e'lon qilingan dividendlar miqdori hujjatlar bilan solishtirilib o’rganiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda bilan bog'liq barcha izohlar va ochib berishlar zarur punktlarda yozilishi, tushuntirilishi kerak. Masalan, ko’pgina qarz majburiyatlari dividend sifatida to'1anishi mumkin bo'lgan taqsimlanmagan foydani cheklaydi.