Oziq-ovqat yoki oziq-ovqat mahsulotlari — bular biz- ni o‘rab turgan tabiatning hamma obyektlari va qayta ish- langan mahsulotlari, inson yashash, energiya manbalarini barpo qilish uchun iste’mol qiladigan oziq-ovqat modda- laridir.
Oziq-ovqat moddalari, ya’ni nutriyentlar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalardir. Ular or- ganizmning tuzilishi, a’zolar va to‘qimalarning yangilani- shi, shuningdek, kishi ish bajarishi uchun energiya oladigan manbadir. Nutriyentlar 6 ta asosiy guruhga bo‘linadi: uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, mineral moddalar va suv.
6
Oziq-ovqat moddalari makronutriyentlarga (yunoncha- da «makros» — katta) va mikronutriyentlarga (yunonchada
«mikros» — kichik) bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |