Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida tijorat banklariga oid me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida bank sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank, tijorat banklari va ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim. Mustaqil ta’limni amalga oshirishda yo’nalishlar bo’yicha har bir mavzuni bajarish muddati alohida belgilanadi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: taqdimot tayyorlash, referat yozish, amaliy materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va talabalar fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.
Taqdimot va referat ishini yozish va rasmiylashtirish.
Talaba tanlangan mavzular bo’yicha taqdimot yoki referat ko’rinishida taqdim etishi mumkin. Semestr davomida har bir talaba kredit va bank bo’limga oid 2 ta mustaqil ish bajarishi lozim. Quyidagi barcha talablarni bajargan holda talaba bir mustaqil ishi uchun 5 ballni to’play oladi. Agarda talaba belgilangan talab doirasida bajarmasa, 3 balldan past baho olishi mumkin.
Taqdimot ishini tayyorlash. Power Point dasturida tayyorlangan slaydlar taqdimot qilish uchun mo’ljallangan, unda qisqa, aniq ma’lumotlar hamda bog’langan chizmalar, rasmlar va boshqa rangli tasvirlar bo’lishi lozim. Taqdimot 15 slayddan kam bo’lmasligi lozim.
Referat ishini tayyorlash. Referat ishi odatda, kirish, asosiy qismi va xulosa qismlaridan iborat bo’ladi. Xususan:
Titul varag’i; Kirish Asosiy qism:
1)
2)
3)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ahamiyati aks ettiriladi. Asosiy qismda talaba tanlangan mavzu bo’yicha atroflicha o’rganib, mavzu yoritib berishi
zarur.
Adabiyotlar ro’yxatini quyidagi tartibda rasmiylashtirish qabul qilingan:
O’zbekiston Respublikasi qonunlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining
qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari
Ilmiy adabiyotlar
Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va xisobotlar
Internet saytlari
Foydalanilgan xar bir manbaning muallifi, to’liq nomi, nashr etilgan joyi va vaqti (qaysi tilda nashr etilgan bo’lsa, shu tilda), hajmi hamda beti ko’rsatiladi, foydalanilgan rus tilidagi adabiyotlarni shu tilda kirill alifbosida keltirish to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |