11.Foyda solig’i qaysi muddatlarda to’lanadi
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot choragida taxmin qilinaѐtgan soliq solinadigan foydasi eng kam ish haqining 200 baravaridan oshadigan soliq to’lovchilar ushbu foyda va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar summasining 1/3 qismini har oyning 10-kunidan kechiktirmay to’laydi;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lash hisobkitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Dividendlar va foizlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga to’lanadigan daromadlar bo’yicha yuridik shaxslardan to’lov manbaida olinadigan foyda solig’i daromadlarni to’lash sanasidan kechiktirmay byudjetga to’lanadi.
Foyda solig’i hisob-kitobi qanday to’ldiriladi
Misol. Korxona I chorak uchun faoliyat yakunlari buyicha quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
Mahsulotlarni, ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilishdan sof tushum 250 000 ming so’m;
Davr xarajatlari - 25 800 ming so’m, shundan chegirilmaydigan xarajatlar – 16 000 ming so’m;
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar (dividendlar) – 18 000 ming so’m;
Qiymati 820 ming so’mlik uskuna tekinga olingan;
Foyda solig’i to’lagunga qadar foyda (Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning-240-satr) -124 000 ming so’m.
Bunda Korxona hisobot choragida ekologiya jamg’armasiga tekinga badal (500 ming so’m) va yosh oilalar jumlasidan bo’lgan xodimlarining ipoteka kreditlarini qoplash bo’yicha badal (3 800 ming so’m) o’tkazdi.
Korxonaning soliq solinadigan foydasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Foyda solig’i to’langunga qadar foyda + tekinga olingan mol-mulk +
chegirilmaydigan xarajatlar – olingan dividendlar va 121 180 ming so’mni
(124 000 + 820 + 16 000 – 18 000) tashkil etadi.
Olingan dividendlar summasi soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi, chunki ularga to’lov manbaida soliq solinadi.
Korxona hisobot choragida ekologiya jamg’armasiga badal va yosh oilalar
jumlasidan bo’lgan xodimlarining ipoteka kreditlarini qoplash bo’yicha badal o’tkazganligi uchun u soliq solinadigan foydani kamaytirishga xaqli, lekin quyidagilardan ko’p emas:
Soliq solinadigan foydaning 2 foizi – ekologiya jamg’armasiga badallar bo’yicha (Soliq kodeksi 159-moddasining 1-bandi);
Soliq solinadigan foydaning 10 foizi – ipoteka kreditlariga badallar bo’yicha (Soliq kodeksi 159-moddasining 5-bandi);
Ekologiya jamg’armasiga 500 ming so’m o’tkazilgan edi, bu soliq solinadigan foydadan 2 foizga (121180 * 2% = 2423,6 ming so’m) kam, tegishincha, soliq solinadigan foyda ushbu xarajatlarning haqiqatdagi summasiga, yahni 500 ming so’mga kamayadi.
Xodimlarning ipoteka krediti bo’yicha badallari o’tkazilgan 3800 ming so’m soliq solinadigan foydadan 10 foiz kamni (12 118 ming so’m) tashkil etadi, va tegishincha, soliq solinadigan foydani to’liq hajmda kamaytiradi.
Kamaytirilgan soliq solinadigan foyda summasi Foyda solig’i hisobkitobining 090-satrida va Hisob-kitobga 2-son ilovaning tegishli satrlarida ko’rsatiladi.
SHunday qilib, korxonaning hisobot yili uchun soliq solinadigan bazasi 116 880 ming so’mni (121 180 – 500 - 3 800) tashkil etadi.
Foyda solig’i summasi chorak uchun 14 025,6 ming so’mni (116 880 x 12%)
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |