Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet54/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Hayotiy minimum byudjeti o’z ichiga uy xo’jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to’plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo’jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo’jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. CHunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo’lish (ajratish) mumkin:

  • o’rtacha darajadagi yetarlilik byudjeti;

  • yuqori darajadagi yetarlilik byudjeti.

Iste’molga xarajatlarning har qanday ko’rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklari ma’lum ko’rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo’jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga yetadigan bo’lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo’jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o’zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o’z-o’zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo’lishi kerak. Daromadlarning o’sishi bilan iste’molning o’lchami (hajmi) oshadi (o’sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o’zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o’sish sur’atlari daromadning o’sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns23 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo’jaligi iste’mol fondi va jamg’armalar yo’nalishini optimallashtirish tendentsiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Jamg’ariladigan fondlarni (jamg’armalarni) shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:

  • ega bo’lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug’urta rezervlari yaratishning zarurligi;

  • uzoq muddatga foydalanishga mo’ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (ko’paytirish) uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;

  • pensiya rezervlarining lozimligi;

  • uy xo’jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.

Daromadlar va ustuvor yo’nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o’lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg’ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim rolь o’ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo’lgan ishonch darajasi;

  • o’tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi va uning sub’ektiv bahosi;

  • asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;

  • quyilmalarning imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlarga egalik qilish.

Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari jamg’arma strategiyalarining elementlari va turlarini (ko’rinishlarini) ajratib ko’rsatishga imkon beradi. Uy xo’jaligining har qanday jamg’ariladigan strategiyasi mustaqil bo’lgan uch komponetdan tarkib topadi:

  • jamg’arish normasi (me’yori), ya’ni uy xo’jaligi jami daromadining jamg’arishga yo’naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg’arishning amalga oshirilishi;

  • risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o’lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;

  • pul mablag’larini quyish (joylashtirish) muddatlari.

Yuqoridagi (ko’rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xo’jaligining jamg’arish strategiyasini belgilab (aniqlab) beradi. Uning quyidagi turlari (ko’rinishlari) bo’lishi mumkin:

  • “0”li strategiya – jamg’arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo’naltiriladi;

  • yuqori risk strategiyasi – quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yo’naltiriladi;

  • real strategiya – mablag’lar past va bo’lishi mumkin bo’lgan riskli aktivlarga qo’yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.

Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug’urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rolь o’ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish tendentsiyasi paydo bo’layapti. Bu quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo’jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg’arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo’lmoqda.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish