Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Byudjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi



Download 4,83 Mb.
bet45/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

10.4.2. Byudjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi

Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki bo’linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funktsional cheklanganligi, o’zaro bo’ysunuvchanligi, o’zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning byudjet tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.


O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti:

  • Respublika byudjetini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.
O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. SHuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o’zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mo’ljallan-ganligi va boshqa belgilariga ko’ra xilma-xildir. Bir vaqtning o’zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida byudjet daromadlari va xarajatlarining to’g’ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikatsiya qilinadi.
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byudjet klassifikatsiyasi muhim rol o’ynaydi. Undan Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydalaniladi va byudjet klassifikatsiyasi byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishi-ni ta’minlaydi. SHu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o’rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byudjet daromadlari va xarajat-larining bir xil belgilari bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga byudjet klassifikatsiyasi deyiladi.
Odatda, byudjet klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo’yicha ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yo’nalishlari yotadi.
Byudjet klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan ajralib turadi. Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda byudjet rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet tashkilotlarining individualь va umumiy hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.
Byudjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir turdagi byudjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda byudjet klassifikatsiyasi muhim rolь o’ynaydi.
Byudjet ijrosi jarayonida ham byudjet klassifikatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko’zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Byudjet klassifikatsiyasi moliya organlarida, byudjet tash-kilotlarida va boshqa muassasalarda byudjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir.
Byudjet klassifikatsiyasida belgilangan daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Byudjet klassifikatsiyasi tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu narsa orqali ifodalanadiki, byudjet tasdiqlanganidan so’ng barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning yuqori organlari byudjet daromadlari tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifika-tsiyaning bo’linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshi-rishga majburdirlar. Demak, byudjet klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
Tasdiqlangan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lganligi va uning ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aniq va to’liq bajarishga majbur bo’lganligi uchun byudjet klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Byudjet klassifikatsiyasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi;

  • davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy klassifikatsiyasi;

  • davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarining klassifikatsiyasi.

Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi ularni turlari va manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bunda daromadlar byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq bo’linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bo’linadi. Bo’linmalar – da-romadlarning alohida turlarini, boblar – daromadlarni to’lovchilarni, paragraflar – daromadlarni to’lovchilarning toifalarini, moddalar esa – jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlarning alohida turlarini ko’rsatishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassifikatsiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikatsiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, ularni bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimla-nishini aks ettiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo’ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi esa to’lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xarajatlar byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda guruhlarga, bo’linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bo’linishi mumkin. Guruhlar – byudjet mablag’larining asosiy yo’nalishlarini, bo’linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – vazirlik va idoralar bo’yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bo’yicha sarflarni, moddalar esa – xarajat-larning alohida turlarini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
Byudjet klassifikatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish