6.Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibi
Ijtimoiy soliq har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ijtimoiy soliq yuridik shaxslarning mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Ijtimoiy soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.
Ijtimoiy soliqni to’lash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ijtimoiy soliqning eng kam miqdori bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi
Adliya Vazirligidan 2011 yil 21 fevralda 2095-1-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan – “Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan YaITni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi belgilab berilgan.
Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
ixtisoslashtirilgan tsexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to’lash fondi qismida yuridik shaxslarga;
notijorat tashkilotlariga, shu jumladan byudjet tashkilotlariga;
yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subhektlariga, davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o’z ehtiѐjlari uchun ob’ektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan ob’ektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o’tgungacha, biroq ularning davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng bir yildan ko’p bo’lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subhektlari, ular davlat ro’yxatidan o’tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o’z ehtiyojlari uchun ob’ektlar
quruvchilar esa - qurib bitkazilgan ob’ektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik ѐki davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko’rsatilgan YaITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaITni to’laydilar.
YaIT to’lovchilari YaITni O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo’yicha, biroq:
fermer xo’jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo’jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda;
qolgan to’lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda YaIT hisoblashadi.
Yagona ijtimoiy to’lovining eng miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |