Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblashga misollar



Download 4,83 Mb.
bet100/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

14.Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblashga misollar

2020 yilning oktyabr oyi uchun


2019 yil 1 sentyabrdan mehnatga oid munosabatlar sohasida qo’llash uchun EKIH o’rniga mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori (MHEKM) joriy etildi. 2020 yil Yanvar oyida MHEKM 634 880 so’mni, 1 fevraldan – 679 330 so’mni tashkil etadi.


2021 yilda fuqarolarning SHJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 0,1%ini tashkil etadi.


Hisoblab chiqarilgan JSHDS summasi jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi (SK 385-moddasi 7-qismi).


I. Anhanaviy hisob-kitob


Xodimga Yanvar oyida 1 100 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa – 1 170 000 so’mdan ish haqi to’langan. Yanvar-oktyabr oylarida jami daromadi – 11 630 000 so’m (1 100 000 + 1 170 000 x 9).


Olingan daromadga 12%lik stavka bo’yicha solinadigan soliq:
11 630 000 x 12% = 1 395 600 so’mga teng.
Yanvar-sentyabr oylarida 1 255 200 so’m ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 140 400 so’mga (1 395 600 – 1 255 200) teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun SHJBPHga majburiy badallar summasi 11 630 so’mni (11 630 000 x 0,1%) tashkil qiladi.
Yanvar-sentyabr oylari uchun SHJBPHga 10 460 so’m o’tkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 1 170 so’mni (11 630 – 10 460) tashkil etadi.
Oktyabr oyi uchun byudjetga 139 230 so’m (140 400 – 1 170) o’tkaziladi.
JSHDS va majburiy badallar ushlanganidan keyin xodimga 1 029 600 so’m (1 170 000 – 140 400) to’lanadi.

II. Imtiyozlarni hisobga olgan holda


1-vaziyat


Daromaddan MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qo’llanilgan holda JSHDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq imtiyozga ega bo’lgan xodimning mehnatiga Yanvar oyida 1 800 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa – 1 920 000 so’mdan haq to’langan. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad – 19 080 000 so’m (1 800 000 + 1 920 000 x 9).
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega bo’lgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari bo’lgan yolg’iz onalar) jami daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
19 080 000 – (634 880 x 1,41 + 679 330 x 1,41 x 9) = 9 564 121,5 so’mga teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
9 564 121,5 x 12% = 1 147 694,58 so’m.
Yanvar-sentyabr oylarida 1 032 237,22 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 115 457,36 so’mga (1 147 694,58 – 1 032 237,22) teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun SHJBPHga majburiy badallar 9 564,12 so’mni (9 564 121,5 x 0,1%) tashkil qiladi.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga 8 601,98 so’m o’tkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 962,14 so’mni (9 564,12 – 8 601,98) tashkil qiladi.
Byudjetga 114 495,22 so’m (115 457,36 – 962,14) JSHDS o’tkaziladi.
Xodim qo’liga 1 804 542,64 so’m (1 920 000 – 115 457,36) ish haqi oladi.

2-vaziyat


Daromad imtiyoz summasidan kam bo’lganda JSHDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq imtiyozga ega bo’lgan xodimning mehnatiga Yanvar oyida 800 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa – 850 000 so’mdan haq to’langan. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad – 8 450 000 so’m.
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega bo’lgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari bo’lgan yolg’iz onalar) jami daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinmaydigan daromad miqdorini hisoblaymiz:
(634 880 x 1,41) + (679 330 x 1,41 x 9) = 9 515 878,5 so’m.
Xodimning daromadi (8 450 000 so’m) imtiyoz summasidan (9 515 878,5 so’m) kam bo’lganligi sababli Yanvar–oktyabr oylari uchun soliq hisoblanmaydi.
Soliq solinadigan daromad mavjud bo’lmaganligi uchun SHJBPHga majburiy badallar to’lanmaydi.
Xodim qo’liga 850 000 so’m ish haqi oladi.

3-vaziyat


Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JSHDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga Yanvar oyi uchun 1 400 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa 1 500 000 so’mdan haq to’langan. Yanvar oyida unga farzandli bo’lganligi munosabati bilan 2 800 000 so’m moddiy yordam ko’rsatilgan.
Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga ko’ra bir yil davomida MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan xodimning oila ahzolariga yoki oila ahzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan to’lovlar; xodimga mehnatda mayib bo’lganlik, kasb kasalligi yoxud sog’liqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bog’liq to’lovlar; bola tug’ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o’tishi munosabati bilan beriladigan to’lovlar; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag’lar berish tarzidagi to’lovlarga JSHDS solinmaydi.
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subhektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni (27.04.2020 yildagi PF-5986-son) bilan 2020 yilda xodimga to’lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi (2-band).
Imtiyoz miqdorini hisoblaymiz:
679 330 x 7,5 = 5 094 975 so’m.
Moddiy yordam summasi – 2 800 000 so’mga JSHDS solinmaydi.
Tegishincha, soliq solinadigan daromad 14 900 000 so’mga (1 400 000 + (1 500 000 x 9)) teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq 1 788 000 so’mni (14 900 000 x 12%) tashkil etadi.
Yanvar-sentyabr oylarida 1 608 000 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyida soliq summasi 180 000 so’mni (1 788 000 – 1 608 000) tashkil etadi.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 14 900 so’mni (14 900 000 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga ajratmalar 13 400 so’mni, oktyabr oyida 1 500 so’mni (14 900 – 13 400) tashkil etadi.
Oktyabr oyi uchun byudjetga 178 500 so’m (180 000 – 1 500) JSHDS o’tkaziladi.
Xodim 1 320 000 so’m (1 500 000 – 180 000) ish haqi oladi.

4-vaziyat


Qimmatbaho sovg’a olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JSHDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga Yanvar oyida 1 500 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa 1 600 000 so’mdan ish haqi to’langan. Unga Yanvar oyida 2 000 000 so’mlik maishiy texnika sovg’a qilingan.
Soliq kodeksining 378-moddasi 10-bandiga ko’ra bir yil mobaynida yuridik shaxslardan MHEKMning 2,11 baravari miqdorigacha bo’lgan summada olingan sovg’alarning qiymatiga soliq solinmaydi (634 880 x 2,11 = 1 339 596,8 so’m).
Soliq solinadigan daromad 16 560 403,2 so’mga (1 500 000 + 2 000 000 – 1 339 596,8 + 1 600 000 x 9) teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
16 560 403,2 x 12% = 1 987 248,38 so’m.
Yanvar-sentyabr oylarida 1 795 248,38 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyida soliq summasi 192 000 so’mni (1 987 248,38 – 1 795 248,38) tashkil etadi.
Yanvar-oktyabr oylari uchun SHJBPHga majburiy badallar summasi 16 560,4 so’mga (16 560 403,2 x 0,1%) teng.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga o’tkaziladigan ajratmalar 14 960,4 so’mni, oktyabr oyida 1 600 so’mni (16 560,4 – 14 960,4) tashkil etdi.
Oktyabr oyida byudjetga 190 400 so’m (192 000 – 1 600) JSHDS o’tkaziladi.
Xodim qo’liga 1 408 000 so’m (1 600 000 – 192 000) ish haqi oladi.

5-vaziyat


Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan MHEKMning 1,41 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovg’a olinganda) JSHDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 380-moddasiga ko’ra imtiyozga haqli bo’lgan xodimga Yanvar oyida 1 500 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa 1 600 000 so’m ish haqi to’langan. Yanvar oyida unga nikohdan o’tishi munosabati bilan 3 000 000 so’m moddiy yordam ko’rsatilgan va 2 000 000 so’mlik qiymatga ega sovg’a topshirilgan.
Quyidagilarga muvofiq:
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega bo’lgan xodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda MHEKMning 1,41 baravariga teng summa (634 880 x 1,41 + 679 330 x 1,41 x 9 = 9 515 878,5 so’m) chiqarib tashlanadi;
Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga muvofiq MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JSHDS solinmaydi. 2020 yilda ushbu miqdor MHEKMning 7,5 baravarigacha (679 330 x 7,5 = 5 094 975 so’m) oshirilgan (PF-5986-son Farmonning 2-bandi). SHu bois jami yordam summasi – 3 000 000 so’mga imtiyoz qo’llaniladi.
Soliq kodeksining 378-moddasi 10-bandiga ko’ra yuridik shaxslardan bir yil mobaynida MHEKMning 2,11 baravari (634 880 x 2,11 = 1 339 596,8 so’m) miqdorigacha olingan sovg’alarning qiymatiga JSHDS solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
15 900 000 – 9 515 878,5 + 2 000 000 – 1 339 596,8 = 7 044 524,7 so’m.
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
7 044 524,7 x 12% = 845 342,96 so’m.
Yanvar-sentyabr oylarida 768 285,6 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyida soliq summasi 77 057,36 so’mni (845 342,96 – 768 285,6) tashkil etadi.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 7 044,52 so’mni (7 044 524,6 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga o’tkaziladigan ajratmalar 6 402,38 so’mni, oktyabr oyida 642,14 so’mni (7 044,52 – 6 402,38) tashkil etadi.
Byudjetga 76 415,22 so’m (77 057,36 – 642,14) soliq o’tkaziladi.
Xodim qo’liga 1 522 942,64 so’m (1 600 000 – 77 057,36) oladi.

III. Odatdan tashqari holatlar


1-vaziyat


O’rindosh xodim daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega o’rindosh xodimga Yanvar oyida 800 000 so’m, Fevral-oktyabr oylarida esa 850 000 so’mdan ish haqi to’langan.
Soliq imtiyozini qo’llash soliq to’lovchining asosiy ish (xizmat, o’qish) joyi bo’yicha, asosiy ish joyi mavjud bo’lmagan taqdirda esa - yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog’ida amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 380-moddasi 5-qismi).
Yanvar-oktyabr oylari uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
8 450 000 x 12% = 1 014 000 so’mga teng.
Yanvar-sentyabr oylarida 912 000 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 102 000 so’mga (1 014 000 – 912 000) teng.
Yanvar-oktyabr oylari uchun SHJBPHga majburiy badallar 8 450 so’mni (8 450 000 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga o’tkaziladigan ajratmalar 7 600 so’mni, sentyabr oyida esa 850 so’mni (8 450 – 7 600) tashkil etgan.
Oktyabr oyi uchun byudjetga 101 150 so’m (102 000 – 850) soliq o’tkaziladi.
Soliq ushlanganidan keyin xodim 748 000 so’m (850 000 – 102 000) ish haqi oladi.

2-vaziyat


Yuridik shaxsga turar joyni ijaraga beruvchi xodimning daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadi Yanvar oyi uchun 1 100 000 so’mni, Fevral-oktyabr oylari uchun esa 1 200 000 so’mni tashkil etgan. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m bo’lgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish to’g’risida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 500 000 so’m ijara haqi oldi.
Jismoniy shaxslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan to’lovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam bo’lmasligi kerak (9.12.2019 yildagi O’RQ-589-son Qonunga 12-ilova).
Toshkent shahrida bir oylik ijara to’lovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 12 000 so’m; Nukus va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlarda – 7 500 so’m; boshqa aholi punktlarida – 3 500 so’m belgilangan.
SHJBPHga badallar ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo’yicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad bo’lganligi va ishlar bajarish bilan bog’liq bo’lmaganligi bois, undan SHJBPHga ajratmalar qilinmaydi.
2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda:
jismoniy shaxslar ko’chmas mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq to’lashdan ozod etiladi;
soliq solish maqsadlarida mol-mulkni (bino va avtomobilg’ transportini) ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara to’lovini qo’llash tartibi to’xtatib turiladi (20.07.2020 yildagi PF-6029-son Farmonning 1-bandi «a» kichik bandi).
Oktyabr oyi uchun ijara to’lovidan JSHDS to’lanmaydi.
Yanvar-oktyabr oylari uchun mehnatga haq to’lash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz:
11 900 000 x 12% = 1 428 000 so’m.
Yanvar-sentyabr oylarida 1 284 000 so’m soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 144 000 so’mga (1 428 000 – 1 284 000) teng.
SHJBPHga majburiy badallar 11 900 so’mni (11 900 000 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar-sentyabr oylarida SHJBPHga o’tkaziladigan ajratmalar 10 700 so’mni, oktyabr oyi uchun 1 200 (11 900 – 10 700) tashkil etadi.
Oktyabr oyi uchun byudjetga 142 800 so’m soliq (144 000 – 1 200) o’tkaziladi.
Soliq ushlab qolinganidan keyin xodimga 2 556 000 so’m ish haqi (1 200 000 + 1 500 000 – 144 000) to’lanadi.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish