Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi



Download 4,83 Mb.
bet57/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

12.2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi

Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o’tilgunga qadar, ya’ni oltin va oltindeviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega bo’lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferentsiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi va mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko’mak beruvchi organlar mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferentsiyasida Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo’ldi.


“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o’z ichiga oladi24.
XTTBga a’zo bo’ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo’lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o’z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo’lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi:
– a’zo davlatlarning xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishga ko’maklashish;
– kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish;
– jahon savdosining muvozanatli o’sishini va a’zo davlatlar to’lov balansining muvozanatliligini qo’llab-quvvatlash.
XTTBning faoliyati o’rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvarь holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 185 tani tashkil etgan.
XTTBning asosiy mablag’lari hozirgi kunda o’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog’ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo’lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to’lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
XRA 1960 yilda tashkil topgan bo’lib, dunyoning sust rivojlangan, qashshoq davlatlariga moliyaviy ko’mak beradi.
XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga nisbatan og’ir bo’lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko’mak berish hisoblanadi.
XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko’zda tutadi. XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YaIM ko’rsatkichi 1025 AQSH dollaridan (2007 moliyaviy yil uchun) kam bo’lgan davlatlar foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo’yicha to’lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to’lanmaydi, biroq xizmat ko’rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit summaning 0,75 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo’llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish hisoblanadi.
XMK hukumat kafolatini talab qilmagani bois, benefitsiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. SHuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTTB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og’ir hisoblanadi. XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda tashkil etilgan bo’lib, Jahon banki guruhining eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning bosh maqsadi – notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan davlatlardagi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarga ko’maklashishdir. Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko’maklashish dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha maslahatlar beradi.
Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, davlatlar va xususiy investorlar o’rtasidagi o’zaro ishonchni mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi.
XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to’lovlar tizimi barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag’batlantirish;
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o’sishini qo’llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo’shish;
– a’zo davlatlar o’rtasida joriy bitimlarga doir ko’p tomonlama to’lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko’maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz asosda mablag’ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to’lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g’ov bo’ladigan chora-tadbirlarsiz to’g’rilash imkonini berish;
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to’lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanat-sizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo’lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini o’rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yo’lakchasi (1945-1971 yillarda – %, 1971-1973 yillarda – %) doirasida bo’lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funktsiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH dollariga ushbu funktsiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin.
Bretton-Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo’lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o’tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob-kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bo’ldi. SHunday bo’lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo’llab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda interventsiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama ustunlikka ega bo’lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyatsiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko’zda tutilayotgan o’zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog’lab qo’yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo’lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to’lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to’lov balansi bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyviy yordam so’rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin:
1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to’lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo’ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo’shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog’liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko’zda tutadi.
2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to’lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko’maklashish maqsadida joriy qilingan bo’lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog’liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o’sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so’ndirish muddati 10 yil bo’lgan kreditlarni o’zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko’pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o’sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo’lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to’lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish