Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet34/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Qon aylanish sistemasi ochiq. Yuragi yelka tomonda joylashgan bo'lib, yurak qorinchasidan va ikkita yurakoldi bo'lmasidan iborat. Arteriya qoni yurakdan chiqib, tana bo'ylab organlarga borib tarmoqlanadi, ularga kislorod berib, karbonat angidridga boyiydi va yana havo almashinuvi uchun jabraga qaytadi.
Ayirish sistemasi vazifasini buyrak, nafas olish vazifasini jabralar bajaradi.
Nerv sistemasi kam harakat qilganligi sababli yaxshi rivojlanmagan, uch juft nerv tugunchalaridan tashkil topgan. Ulaming biri chig'anoq pallalarini yopuvchi oldingi muskuli ostida, ikkinchisi keyingi yopuvchi muskul ostida, uchinchisi esa oyoqda joylashgan. Bu tugunchalar uzun tortma orqali birlashgan. Ulardan turli organlarga nerv tomirlari boradi. Baqachanoqning bosh paypaslagichlari va ko'zi bo'lmaydi. Sezgi organlari muvozanat saqlash, kimyoviy sezish va tuyg'u organlaridan iborat.
Ko'payishi. Baqachanoq ayrim jinsli. Har ikki jinsda harn jinsiy organ bir bosh uzum shingiliga o'xshash bo'lib, oyoqlarining ustida joylashgan. Jinsiy organlarining yo'li oyoqlarining asosida mantiya bo'shlig'iga ochiladi va shu joyda urug'lanish sodir bo'ladi. Urg'ochilari urug'langan tuxumini jabra plastinkalari oralig'idagi bo'shliqda saqlaydi. Bu yerda nafas olish yengil bo'lib, yosh molluskalar himoyalangan bo'ladi. Kelgusi yil tuxumlaridanbir necha yuzlab yosh baqachanoqlar chiqadi. Ulaming tanasi birmuncha oddiy tuzilgan bo'lib, ostki tomonida uzun va ingichka iplari bo'ladi. Ulaming kichkinagina chig'anoqchalari ostki tomonidan o'tkir ilmoqchalar bilan qurollangan. Yosh baqachanoqlar ona tanasidan chiqib, yopishqoq iplari yordamida baliqlaming terisiga, suzgich qanotlariga yoki jabralariga yopishib olib, ular tanasining suyuqligi bilan oziqlanadi. Baliqlar tanasida ikki oygacha parazitlik qilib, so'ngra suv tubiga tushadi va kichkina baqachanoqlarga aylanadi. Shunday qilib baqachanoqlar boshlang'ich davrini parazitlik qilib o'tkazadi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish