Respublikasi oliy


Kitsimonlar (Cetacea) turkumining



Download 3,12 Mb.
bet107/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Kitsimonlar (Cetacea) turkumining vakillari butun umrini suvda o'tkazadi. Oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyog'i yo'qolib ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekislikda o'rnashgan ikki pallali dumi bor. Ba'zi turlarida go'shtdor orqa suzgichi ham bo'ladi. Terisida juni yo'q. Ter va so'lak bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg'ochilarida bir juft sut bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonidagi 2 ta so'rg'ichga ochiladi. Terisining ostida qalin yog' qatlami bor, u gavdani isitish va solishtirma og'irligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Quloq supralari yo'q. O'pkasining hajmi nihoyatda katta bo'ladi. Masalan, ko'k kit o'pkasiga birdaniga 14000 litrgacha havoni to'ldirib olishi mumkin va suv tagida bir soatgacha tura oladi.


Kitsimonlar turkumiga 80 dan ortiq tur kiradi va ular 2 ta kenja turkumga bo'linadi (43 —rasm).

  1. Tishsiz kitlar (Mustacoceti) kenja turkumi. Tishsiz kitlaming jag'larida tishlari bo'lmaydi, lekin og'izda talaygina shox plastinkalar tanglayiga o'mashadi va og'iz bo'shlig'iga osilib turadi. Shox plastinkalar kit mo'ylovi deyiladi va u og'izga suv bilan tushgan ovqatni g'alvirdek elab oladi. Tishsiz kitlarga bo'yi 33 m va og'irligi 150 t keladigan ko'k kit, bo'yi 15 — 20 m keladigan Grenlandiya kiti kiradi. Ko'k kit hozirda hayvonlar orasida eng kattasi hisoblanadi. Uning endi tug'ilgan bolasining uzunligi 6 —9 m, og'irligi 2 —3 t keladi.

  2. Tishli kitlar (Odontoceti) kenja turkumi. Tishli kitlaming jag'larida juda ko'p va bir xil konussimon tishlari bo'ladi. Bularga katta o'lchamdagi kashalot (bo'yi 20 m ga boradi) va delfinlar kiradi. Qora dengizda delfin yashaydi. Shimoliy Muz okeani dengizlarida va Tinch okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m gacha boradigan delfin yoki beluga tarqalgan. Delfinlar o'ljasini topish uchun ultratovushdan foydalanadi.

Kitlardan qimmatbaho texnika va tibbiyot yog'i, go'sht va boshqa xomashyo olinadi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish