Psixologiyani to’g’risidagi fan sifatida shakllanishida quyidagi 4 asosiy bosqichni ajratish mumkin:
Psixikaning taraqqiyoti, uning harakati - o’zgarishidir. Qadimgi faylasuflar ruhiy hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Gretsiyalik mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni «uchquncha»dan, Demokrit (eramizdan oldingi V asr) «olov atomi»dan iborat deb hisoblaganlar. Shu bilan birga tabiatni o’rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasi psixika (jon) haqidagi bilimlar ham ilmiylashib borgan.
Eramizdan oldingi VI asrda yashab o’tgan grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga asoslanib, psixikaning organi MIYa degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak degan fikrni himoya qilganlar. «Meditsina fanining otasi» Gippokrat (eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (Sharqda temperament «mijoz» deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamenti kishi tanasidagi «sharbatlar» (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nisbati bilan tushuntirilgan. Shunday qilib psixikani ilmiy tushunishga katta qadam qo’yilgan.
Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri («otasi») makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi. Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikrlarini «Jon haqidagi» risolasida aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar hisoblanadi.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (16321677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Rus olimi I.M.Sechenov (1829-1905) «Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan edi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va aniqlashtirildi. U hayvonlarni shuningdek, odamning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etdi.
O’rta Osiyo xalqlari boshqa dunyoviy fanlar qatori psixologiya fani sohasida ham boy merosga ega. Ularning psixologiya sohasidagi fikrlari, milliy psixologiya tarixi va hozirgi mustaqillik davri uchun g’oyat katta ahamiyatga egadir. O’rta asr psixologik qarashlarida O’rta Osiyolik mashhur mutafakkirlar Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylarning psixologiya sohasidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy (870-950-951), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Abu Ali ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1131), Mirzo Ulug’bek (1394-1449) inson psixikasi, yosh avlodni tarbiyalashda o’z fikr – mulohazalarini boy meros qilib qoldirganlar.
Kasb psixologiyasiga taxminan ХХ-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya'ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o’rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasbiy shakllanish muammosi XX-asr boshlarida dolzarb masalalardan hisoblanib, lekin bu vaqtgacha kasbning erkin tanlovi bo’lmagan. Kasbiy o’zlikni anglash va kasbiy layoqat masalalarini yechimini topilishi-psixologiyaning yangi soxasi psixotexnikaning rivojlanishiga olib keldi. 1920-yillarda esa mehnat jarayoni, inson va texnikaning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bu jarayonda insonning psixika va ishlab chiqarish texnologiyasiga moslashuvi jarayoniga katta e'tibor berilgan.