Республикаси Олий ва Ўрта


Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi,vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi



Download 464,5 Kb.
bet5/8
Sana20.05.2023
Hajmi464,5 Kb.
#941468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 1-ma\'ruza

1.2. Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi,vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
Kasb va kasbiy psixologiya o'zining tadqiqot sohasi bilan eng muhim amaliy ishni hayotga tadbiq etib boradi. Bu yuqorida ta'kidlanganidek, inson va kasb o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish orqali insonni kasbga tayyorlaydi, uning imkoniyatlari va qiziqishlarini o'rganish orqali unga ma'lum bir kasblar haqida bilimlar berib boradi va o'ziga qiziq tuyulgan kasbni egallashga yo'l-yo'riqlar berib boradi. O'sib kelayotgan yosh avlod, uning kasb egallash bilan bog'liq masalalar katta avlodni har doim qiziqtirib kelgan va hozirda ham bu masala dolzarb masalalardan biridir.
Psixologiyaga umumiy tarzda baho bersak – bu inson faoliyatini ob'ektiv reallik sifatida aks ettirish qonunlari haqidagi fandir, ya'ni psixologiya inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha psixolik hodisalar va ular o'rtasidagi qonuniyatlari, mexanizmlarini o'rganadi. Amaliy psixologiyaning muhim sohasi sifatida kasbiy faoliyat psixologiyasi insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o'zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o'zgartirish sabablari, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot beradi.
Kasbiy psixologiyaning predmeti – shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmlari, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o'rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o'rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir.
Kasbiy yat psixologiyasining ob'ekti – shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o'zaro bog'liqligidan iborat. Kasbiy faoliyat psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo'lib, u o'zining tadqiqot predmeti va ob'ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, injenerlik psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob'ekti va predmetidan farqlanadi.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonlanuvchilarning ko‘rsatmalari hamda so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvular zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo’yiladigan psixologik talablarni o’rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o’rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasi predmetining ta‘rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;
3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
4. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
5. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;
6. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma‘lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya‘ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin.
Umuman olganda, kasbga yo`naltirishda individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchi o`zining qiziqishi, hohishi, qobiliyatini va intilishlarini ro`yobga chiqarishga, o`zi uchun eng maqbul yo`lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniga ega bo`lishi uchun unga ko`maklashish lozim deb o`ylayman.

Download 464,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish