Respublikasi axborot texnologiyalari vazirligi



Download 180,54 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi180,54 Kb.
#236955
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-

Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi

Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida ta ’riflanadi, am m o bulling asosida bir insonning boshqa insondan farqlab turadigan xislatlari,
fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o ‘z qobiliyatlariga kolra bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o ‘rtasidagi farqlar sifat va miqdor
jihatdan bir talay bolishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy shaiti sifatida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga
qo’yiladigan talablarni shaxs qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqalarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’liq tez, yengil, puxta foydalana oladi.
Qobiliyatning xususiyatlarini sifat jihatidan talqin qilganda, shu narsa ma’lum bo’ladiki, qobiliyat birinchidan, maqsadga turlicha yo’llar orqali erishishga imkon beruvchi ,,o‘zgaruvchan miqdor“ to'plami sifatida, ikkinchidan, faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlarining murakkab m ajmuasi ko‘rinishida gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o‘qituvchilar jamoasi yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega
deyilgan. IV kurs boshlig‘i („oqsoqoli“ ) Mahkamda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko‘rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, talabchanlik, m e h ribonlik, e ’tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis
qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdardlik , jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik va shu kabilar. Mahkamning qobiiiyatini boshqa tashkilotchilarniki bilan qiyoslanganda uning qobiliyati koMami keng, negizi
chuqurligi bilan boshqalarnikidan sifat jihatdan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakultetning III kurs boshlig'i („oqsoqoli“ ) Adham da tashkilotchilik, uddaburonlik fazilatlari bor, lekin faoliyatni amalga oshirishda o ‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishda mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning uchun uning tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga shafqatsizlik, jam oa a’zolariga tazyiq o'tkazishlik, amalparastlik, m aqtanchoqlik va boshqalar. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, u yoki bu
faoliyatni amalga oshirishda o ‘zaro o'xshash yoki bir-biridan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar turkumi ishtirok etishi m u m k in ckan. Bu psixologik hodisa tahlilida shaxs qobiliyatlarining muhim jabhalari yaqqol ko‘zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi bir xislatning o'rnini boshqasi bosishi (lotincha — compensate o ‘rnini bosishi, muvofiqlashtirish m a’nosini bildiradi) vujudga kcladi, buning uchun inson
o lz ustida sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilsagina yuksak ko‘rsatkichlarga erisha olishi mumkin.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o'rnini bosishlik imkoniyati koLrish va e sh itishdan m ahrum in so n la rn I maxsus o ‘qitish orqali ro‘yobga chiqariladi. Hayotda ko’r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu
kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ma’lum. Hatto eshitish qobiliyati past yoki u m u m a n yo'qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga jiddiy xalaqit bcrmasligi ham mumkin. Bu psixologik hodisa (birqobiliyatni boshqa qobiliyat
yordami bilan o'stirish, ya’ni o ‘rnini bosishlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va yangi kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko’lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiqlovchi qator misollar mavjud. Chunonchi, o'qituvchi bir davrning o'zida usta duradgor, mohir tikuvchi bo’lgani; yirik alloma, yirik san’atkor, yetuk sportchi bo’lgani ham uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning
turli soha vajabhalarida o ‘z o'rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar. Bir necha faoliyat turida bemalol muvaffaqiyat qozonishlari ham mumkin. Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o ‘lchashmuammosi psixologiya fanida o ‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Hozirda fanning m um toz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX asrning oxiri
va XX asrning boshlaridan muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo’lga qo’yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar ostida o'quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyati darajasini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligini, u ning m ehnat faoliyatiga layoqatini, shuningdek, oliy o 'q u v yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga qobiliyatlarini aniqiash imkoniyati mavjud ekan.
O’tgan asrda qobiliyatlarni o'lchash usuli, mezoni sifatida aqliy iste’dod testlari ishlab chiqildi. Bu testlardan AQSH, Buyuk Britaniya kabi m am lakatlardao‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foydalanildi. Hatto Buyuk
Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi t izimi ham yaratildi. Bunda „Aqliy iste'dod“ testlari ball yoki ochkolar bilan baholanib, yechimga sarflangan vaqtni hisobgaolib, natijalar yig‘indi holiga keltirilaredi. Masalan,
Buyuk Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test k o ‘rinishi quyidagicha: „Pyotr Jeymsga qaraganda balandroq, Edvard Pyotrdan pastroq. Kim hammadan ko'ra balandroq?“ va tanlagan javobning tagiga chizib qo’yish
talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) Jeyms; 4) „ ayta olmayman“

Sinaluvchi testlarda berilgan beshta so‘zdan boshqa so'zlar yozilganini tanlab olishi kerak: 1) qizil, yashil, k o ‘k, h o l , sariq; 2 ) y o k i, a m m o, agar, hozir,


garchi va shu kabilar.

Testlarning murakkabligi ortib boorish tamoyili bo'yicha „Testlar batareyasi“ tizimi yaratiladi.


Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat bo’lmay, balki tu rlic h a m a'noga ega „ labirintla r “ ( y u n o n c h a labyrinthos chigal holat, murakkab, chalkash m a’nosini bildiradi) b o lg an „boshqotirm a“ va shunga o ‘xshashlar
harn kiritilishi mumkin. Odatda, sinaluvchilar „Testlar batareyasi“ ni bajarib
bolganlaridan so‘ng natijalar hisoblab chiqiladi. Ularda „aqliy iste'dod koefitsiyenti“ (inglizcha intellectual quotient — IQ so‘zidan olingan) aniqlanadi. Misol uchun, 11, 5 yoshli o'quvchi to lplagan ballarining o'rtacha yig‘indisi 120
gateng bolishi lozim. Bunda 120 ball to‘plagan har qanday sinaluvchi 11,5 yoshida „aql yoshi“ga egadir. Mazkur yo'nalish namoyandalarining e ’tirof etishlaricha, „aqliy iste’dod koefTitsiyenti“ qandaydir o‘zgarmas mezon sifatida „umumiy intellektni“ (inglizcha — general intelligence) ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga egadir. Shuni ta'kidlash joizki. „aqliy iste'dod koeftitsiyenti“ nazariyasida bahsli jabhalar mavjud, bunda shaxsning aqliy qobiliyatlari emas, balki lining bilim va malakalari namoyon bo‘ladi. Rus psixologi L.S.Vigotskiy yuqoridagi nazariyaga
o ‘z mulohazalarini bildirgan holda ikki bosqich, ya'ni „eng yaqin taraqqiyot zonasi“ , „aktual faoliyat zonasi“ orqali qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash mumkinligini ko‘rsatib bergan edi. Hozirda q o ‘llanayotgan test sinovlari o ‘tmishdoshlarnikidan ko‘p jihatdan farq qilsa-da, am m o ko‘p hollarda xotira m ahsullarini ochishga xizmat qiladi-yu, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat markazidan chetda qolib ketish hollari uchraydi.

Qobiliyatlarning tuzilishi


Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o ‘yin, xoh sport bo’lsin, undan qatiy nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga,
hissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo’yiladi va ularning birgalikdagi sa’y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishadi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, insondagi
yuksak ko‘rsatkich sifati harchand ustuvor bo’lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo lm ay d i. Ayrim hollarda alohida nam oyon bolgan psixik xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta ’minlay
oladi va u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan barobar kuch sifatida vujudga kcladi, degan faraz o ‘zini oqlam aydi. Shuning uchunqobiliyatlarni murakkab tuzilishga ega bo’lgan psixik sifatlarning majmuasidir deyish o’rnlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o’ziga xos tarzda qo’yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim
misollarni tahlil qilib ko‘ramiz:
l)matematik qobiliyat bular: matematik materiallarni
umumlashtirish, m ulohaza yuritish jarayonini qisqartirish. matematik ish amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natija o'rtasida aloqa o ‘rnatish, to ‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan yengil o ‘tishiik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilardir;
2) adabiy qobiliyat bular: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, „til zehni“ , behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o ‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalardir. Sanab ko’rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki matematik va adabiy qobiliyatlar o'zaro bir-biriga o ‘xshamagan talablari bilan farqlanadi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki pedagogik, musiqaviy, texnik , konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o'xshash qobiliyatlarning tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib, u kasbiy ahamiyat kasb etishi ham m um kin.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari orasida m a ’lum turkumi yetakchilik qilsa, ayrimlari yordamchi vazifani bajaradi. M a'luniki, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida
pedagogik odob, bolalarni sevish, o ‘quvchilar jam oasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni bera olishga uquvchanlik va shunga o ‘xshashlar tan olinadi. O’qituvchilik
qobiliyatining yordamchi fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik qobiliyatlarning yetakchi va yordamchi tarkiblari, jabhalari ta ’lim jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni yuzaga keltiradi hamda o’qituvchi shaxsi bilan bogliq bo'lgan hamkorlik, individual faoliyatini tashkillashtiradi. Oobiliyatlardan muayyan darajada umumiy va torroq ma’noda maxsus sifatlarni ajratish orqali
m a’lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. Shunga ko‘ra qobiiiyatlarni umumiy va maxsus qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq. Umumiy qobiiiyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin emas.
Shaxsning um umiy qobiliyatlari va ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlarning ko’lami torroq bo’lishiga qaramay , chuqurroq mohiyatni o ‘zida mujassamlashtiradi. Rus olimi I.P.Pavlov o lz ta’limotida „badiiy“ , „fikrlovchi“ , „o‘rta“ tiplarga ajratilgan shaxslar shulardan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab bcradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyati birinchi va ikkinchi signal sistemasidan iboratligi to ‘g‘risidagi ta’limotga asoslanadi. Birinchi signallar sistemasi obrazlar — emotsiyalardan va ikkinchi signallar sistemasi esa obrazlar haqidaso‘zlarorqali signal berishdan iboratdir. I.P.Pavlov ikkinchi signallar sistemasini „signallarning signali“ deb nomlaga edi. Ushbu tipologiyani quyidagicha osonroq tushuntirish mumkin:
1) shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson „badiiy“ tipga taalluqlidir;
2) m abodo „signallarning signali“ nisbatan ustuvor bo'lsa, bu shaxs „fikrlovchi tipga“ munosibdir;

3) agarda har ikkala signallar aralashib ketib birortasining ustunligi sezilmasa, bu inson ,,olrta tipga“ mansubdir;
4) tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo'ladi:
1. „Badiiy tip “ uchun bevosita u taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular natijasida vujudga keladigan obrazlarga xosdir.
2. „Fikrlovchi tip “ uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarning, nazariy m ulohazalarning, metodologik muammolarning ustuvorligi muvofiqdir.
Badiiy tip aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yetishmasligini bildirmaydi, balki gap psixikaning obrazi, jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan ustuvorligi haqida boradi, xolos. Ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar sistemasi birinchi signallar sistemasidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, insonlar hayoti va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’zi hal qiluvlii ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni
aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov vositasida ro’yobga chiqariladi.


Download 180,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish