191
Faylni o’chirish:
agar fayl o’chirilsa, ushbu soha qaytadan
yozilgunga qadar
saqlagichda mavjud bo’ladi. Bu holat OT disk sohasidan qayta foydalanganda
yuzaga keladi. Ma’lumot saqlangan sohadagi kichik xotirada ma’lumotni yozilishi
butun ma’lumotni tiklanmasligiga sababchi bo’lishi mumkin. Windows OTda NTFS
fayl tizimida ma’lumotni o’chirish algoritmi mavjud va ma’lumotni
tiklash ham
ushbu algoritm asosida amalga oshiriladi.
Faylni zararlanishi:
agar operasion tizim zararlansa, ma’lumotni diskning
razdellar jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning
razdellar jadvali ham
zararlangan bo’lsa, u holda qayta tiklash vositalaridan foydalanish talab etiladi.
Qattiq diskni fizik zararlanishi:
qattiq diskka fizik ta’sir bo’lishi unga faylni
zararlanishiga qaraganda katta yo’qotishni olib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotni
qayta tiklashning maxsus sathidan foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik
diskdan ma’lumotni tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli
ifloslanishlardan xoli bo’lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirili
shart. Chang bo’lgan sohalardan ma’lumotni qayta tiklanishi qiyin bo’ladi. Ushbu
holatda ma’lumotni tiklash juda ham qiyin bo’lib, zararlanish turiga bog’liq bo’ladi.
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur:
-
ma’lumot yo’q bo’lgan qattiq diskda qayta tiklangan ma’lumotni
yozmaslik;
-
turli zaxira nusxalarni amalga oshirish kerak va ularni turli manzillarda
saqlash zarur;
-
ma’lumotni qayta tiklash har doim ham 100% samara bermaydi;
-
tashqi qurilmani tizimga ulashga yehtiyot bo’lish zarur, bu holda disk
zararlangan bo’lsa, tizim yoki fayllarni zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Windows OTda ma’lumotni qayta tiklash vositalari.
Amalda turli
saqlagichlardan yo’qolgan ma’lumotlarni tiklashda qator dasturiy vositalardan
foydalaniladi. Quyida ulardan ayrimlarining xususiyatlari keltirilgan.
Recovery My Files.
Ushbu dasturiy vosita Korzinkadan, qattiq diskdan
o’chirilgan fayllarni va zararli dasturiy vositalar yordamida o’chirilgan fayl va
ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega. Bunda, ma’lumotni
tiklanishi fayl
192
kontentiga bog’liq bo’ladi. Ushbu dasturiy vosita quyidagi ikki mexanizmdan
foydalanadi:
Yo’qolgan fayl:
ushbu mexanizm o’chirilgan fayllarni qidiradi va bunda
notanish turlar inobatga olinmaydi.
Yo’qolgan diskni tiklash:
ushbu mexanizm eski disklarda saqlangan
ma’lumotlarni tiklashda yordam beradi.
EASEUS Data Recovery Wizard.
Ushbu ma’lumotni
qayta tiklash dasturiy
vositasi iOS, Android, USB xotiralar va qattiq disklardan kutilmagan xatolik yuz
bergan holatlarda yo’qolgan ma’lumotni tiklash uchun foydalaniladi.
Ushbu dasturiy vosita quyidagi xususiyatlarga ega:
-
o’chirilgan, formatlangan va foydalanishga yaroqsiz ma’lumotni qaytarish;
-
barcha o’chirilgan fayllar, rasmlar, hujjatlar, videolar va boshqa fayllarni
qaytarish;
-
shaxsiy kompyuter, noutbuk, qattiy disq va boshqa qurilmalardan ma’lumotni
tiklash;
-
o’chirilgan, yo’qotilgan va yashiringan razdellardan ma’lumotni tiklash;
-
mijozlarga texnik yordamchi vazifasini amalga oshiradi.
Bulardan tashqari, Windows
OTda Advanced Disk Recovery, Handy
Recovery, R-Studio, Data Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora Recovery
kabi dasturiy vositalardan foydalanib ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: