Mustaqillik davrida
Mustaqillik xalqimizning XX asr songida qolga kiritgan ulkan tarixiy galabasi ekanini, on yillik mustaqil taraqqiyot hayotimizda alohida bosqich, yangi bir davr bolib qolishini nazarda tutib, qutlug ananaga aylanib qolgan eng ulug, eng aziz bayramimiz istiqlol ayyomini keng nishonlash yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy, manaviy tafakkurini yuksaltirishda, oldimizda turgan buyuk maqsadlar sari safarbar qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini, istiqbol rejalarini ana shu haqiqatni chuqur anglash asosida belgilash zaruratini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ozbekiston davlat mustaqilligining 10 yilligini keng nishonlash boyicha dastur 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamgarmalar mazkur dastur asosida tegishli manaviy madaniy, marifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va on kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Ozbek milliy davlatchiligi tarixini, uning taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-nazariy masalalarini organish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boyicha maxsus ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifasi etib belgilansin:
milliy davlatchiligimizning kop ming yillik tarixini, mustaqillik yillarida uning negizida tiklangan zamonaviy ozbek davlatchiligining oziga xos taraqqiyot tamoyillari, jamiyatimizning pirovard maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qoshgan bebaho hissasini, ular yaratgan falsafiy talimotlarni organish va zarur xulosa va saboqlar chiqarish;
mustaqillik oz-ozidan kelmaganini, ozodlik yolida ota-bobolarimiz asrlar davomida kurash olib borganini milliy istiqlol goyasi asosida fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish;
yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosga vorislik va iftixor tuygularini uygotish, milliy va umumbashariy qadriyatlar uygunligiga erishish, jamiyatimizda turli millat vakillari ortasida ozaro hamjihatlik, totuvlik, diniy bagrikenglik muhitini qaror toptirish borasidagi amaliy ishlar mazmunini keng tahlil etish;
istiqlol sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati tom manoda yuzaga chiqqanini, xalq xojaligining barcha sohalarida salmoqli yutuqlarga erishilganini, erkin va farovon hayot barpo etish, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Vatanimizning dunyo hamjamiyatidan oziga munosib orin egallashiga xizmat qilishini chuqur asoslab berish.
5. Ozbekiston Davlat matbuot qomitasi, Ozteleradio kompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi (OzA), Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik korish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xojaliklar, jamgarmalar hisobidan;
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |