Respublikamizda kimyo sanoatining rivojlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori



Download 0,67 Mb.
bet1/10
Sana23.03.2023
Hajmi0,67 Mb.
#921048
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Respublikamizda kimyo sanoatining rivojlanishi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan koʻrilgan choralar ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi. 

Shu bilan birga, kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. 

Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun oʻz mablagʻlarining yetarli emasligi xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral oʻgʻitlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda. 

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas. 

Kimyo tarmogʻini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida: 

1. Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin: 

uglevodorod xomashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish; 

respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish; 

kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish; 

fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgʻor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish; 

loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish. 

2. 2018-2030 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5 barobarga, shu jumladan, mineral oʻgʻitlarni – 2 barobarga (1,2 million tonnadan 2,4 million tonnagacha), mahsulotlar eksportini – 4 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unga koʻra: 

a) qisqa muddatda (2018-2020 yillarda): 

“Ammofos-Maksam” AJda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmini 20,0 ming tonnaga oshirish (100 foiz sof holda); 

“Navoiyazot” AJda yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol; 

“Navoiyazot” AJda yiliga 500 ming tonna azot kislotasi; 

“Navoiyazot” AJda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid; 

“Fargʻonaazot” AJda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 million dona zamonaviy polimer oboylar; 

“Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiyaviy loyihasi (II bosqich) doirasida togʻ-kon majmuasi loyiha hajmlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish; 

b) kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishni oshirish, organik kimyo, shu jumladan, polimer mahsulotlar, sintetik tolalar, rezinotexnika va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻrta va uzoq muddatlarda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish (2030 yilgacha). 

Bunda mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 4,8 milliard AQSH dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. 

3. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni taʼminlasin: 

“Fargʻonaazot” AJ va “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha 2018 yil 30 dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash; 

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, keyinchalik “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertiza qilish sharti bilan, kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida shartnoma tuzish; 

Navoiy viloyatida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish kompleksini qurish boʻyicha 2019 yil avgust oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xomashyo maydonini baholash (ekspertizadan oʻtkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. 

4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra, “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasin. 

Bunda kimyo sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilansin. 

5. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda tarmoq korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 15 apreliga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taklif kiritsin. 

6. Quyidagilar: 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovga – “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini qatʼiy nazorat qilish; 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S.Sultonovga – kimyo tarmogʻi obyektlarini oʻz vaqtida ishga tushirish hamda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtirish; 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R.Xolmurodovga – xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish hamda salohiyatli investorlarni topish va kimyo tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; 

Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A.Abdullayevga – jalb etiladigan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish hamda investitsiyaviy loyihalar doirasida obyektlar qurilishining yakunlanishini taʼminlash va ularning qatʼiy belgilangan muddatlarda loyiha quvvatlariga chiqishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin: 


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish