KTU-10 va KTU-10A ozuqa tarqatgachlari maydalangan pichan, somon, silos, senaj va ularning omixta em bilan aralashmalarini tashish va oxurlarga tushirib ketish uchun xizmat qiladi (chizma). Ozuqa tarkdtgich traktor quvvat olish validan harakat oladi.
Ozuqa tarqatgichning yurish qismi bunker tubi, osmasi, g’ildiraklar o’qi va tortqi —birlashtirish qurilmasidan tashkil topgan. Bunker tubi payvandlab tayyorlangan kronshteyndan iborat.Bo’ylama qismidagi qronshgeynga ressor, konussimon reduktor,podshipniklar korpusi va biter blokini harakatga keltirish uzatmasi montaj qilingan. Ustki bo’ylama balkaga oraliq val va yon bortlar kronshteynlari mustahkamlangan. YUrish kismidagi etakchi valga uchta sirpanish podshipnikiga o’rnatilgan, o’ng va chap o’qlari ikkita tayanchga qotirilgan. Tortqi-birlashtirish qurilmasi ozuqa tarqatgich bilan traktorni qo’shish uchun xizmat qiladi.
Transportyor polotnosi 38 mm qadamli vtulka-rolikli zanjirdan iborat. Ozuka tarqatgich metall kuzov, oldinda, orqada va yon tomonda joylashgan bortlarga ega. Orka bort ochiladi. Ikki yon bortda ozuqani tushirish darchalari mavjud. Biterlar bloki kuzovning yon tomoniga qotirilgan uchta spiral biterdan iborat. Pastki biter ikki sektsiyadan iborat bo’lib, ozuqa tarqatgichdan yuk pritsepi (o’zi tushiruvchi) sifatida foydalanganda echib qo’yilishi mumkin. Ozuqa tarqatgichning ko’ndalang transportyori ozuqalarni bir yoki ikki yoniga oxurlarga tarqatishda foydalaniladi. Ikki yonga oxurga tarqatishda rjkita kichik tasmali polotno o’rnatiladi. Bir yonga tarqatishda ikki polotno biriktirilib bitga umumiy polotno qilinadi. Bunda chap polotnoni harakat berish zanjiri echib qo’yiladi (chizma a, 6, v, g).
Keng ozuqe yo’llari bor molxonalarda ikki tomondagi oxurga bir vaqgda tarqatish imkoniyati bo’lmagan hollarda kundalang transportyor uzaytiriladi. Buning uchun etakchi vali ilgagiga qo’shimcha transportyor o’rnatiladi. Qo’shimcha transportyor gidravyaik kutarish moslamasi yordamida o’rnatilib, zanjir bilan mustaxkamlab qo’yiladi.
Ozuqa tarqatgichni ishga tushirmasdan avval uning detallari, qismlarining mustahkamligi tekshiriladi, zarur holatlarda tortib qo’yiladi. Podshipnik va ishkelanadigan yuzalar, moylash kartasiga, ko’rsatmaga mos ravishda moylanadi. Mexanizm vatransportyorlar sozlanadi. Traktorning quvvat olish valiga tarkatgichning teleskopik vali kiritilib bolt bilan qotiriladi. Xrapli (to’sqichli) mexanizm va uning tishi zarur holatiga o’rnatiladi.
Bo’ylama transportyor zanjiri, ko’ndalang va qo’shimcha transportyorlar tasmalari tarangligi tortki vintlar bilan sozlanadi. Tarkatgichning harakatga keltirish zanjiri tarangligi tortki yulduzlari bilan sozlanadi. Saqlash muftasi tarangligi etarli bo’lmasa gayka yordamida me’yoriga keltiriladi. RMM-5,0 ozuqa tarqatgichi — kichik gabaritli bir o’qli, oxurlarga maydalangan makkajo’xori, yashil massa, pichan, senaj, silos va ozuqa lavlagilarini tarqatish uchun xizmat qiladi (9-chizma).Ozukalar molxona ichida, yayratish maydonlarida bir yoki ikki tomonlama tarqatiladi. Tarqatgichdan ozuka va to’shamalarni tashishda foydalanish mumkin. Ishchi organlari traktorning QOV dan harakat oladi. Tarqatgichning asosiy bo’linma va mexanizmlari yurish qnsmi, bo’ylama va ko’ndalang transportyorlar, me’yorlash-tushirish qurilmasi, uzatma va elektr jihozlari tizimi sanaladi. KSP-0,8 ozuqa tarqatgichi - 65—75 foiz namlikdagi ozuqa aralashmalarini ona cho’chqalarga, quruq omixta em va obratni yosh cho’chqalarga me’yorli tarkatish uchun xizmat kiladi.
YUk ortgichning ishchi organi QOV qutisidan kardan va zanjirli uzatma yordamida harakat oladi. SHnekni harakatga keltiruvchi etakchi valda avariya holatidan saqiab qolish qurilmasi montaj qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |