Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
17-18-mavzu. Kimyoviy tolalarning olinishi. Kimyoviy tolalarning xossalari. (2 soat)
19-20-mavzu. Kimyoviy tolali gazlamalar. Kimyoviy tolali gazlamalardan savatda “Kuzgi gullar” kompozitsiyasini tayyorlash. (2 soat)
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish
(4 soat)
21-22-mavzu. Kiyim haqida umumiy ma’lumot. Tikiladigan kiyim uchun gazlama va fason tanlash. To‘y va bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yaratish. (2 soat)
23-24-mavzu. Qo‘lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari. Merejka usulida tikish. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish
(4 soat)
25-26-mavzu. Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari. Parallel zig-zag, mayda va yirik bahya qator tikish. (2 soat)
Nazorat ishi. Izma (petlya) tikish. (1 soat)
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi
(34 soat)
27-28-mavzu. Dizayner-modeler kasbi to‘g‘risida tushuncha berish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini yaratish. (2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar.
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
A2
elektr go‘shtqiymalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipini qo‘llay oladi, go‘sht yoki baliqdan kotlet tayyorlay oladi, sabzavot va mevalarni konservalay oladi, karam va uzum bargidan do‘lma tayyorlash texnologiyasini qo‘llay oladi va dasturxonga torta oladi, mayda to‘g‘ralgan go‘shtdan “Gulyash” yoki “Bistrogin” tayyorlash texnologiyasini qo‘llay oladi, dasturxonga torta oladi, turli mahsulotlarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.
Kimyoviy tolalarning olinishi, kimyoviy tolalarning xossalari, kimyoviy tolali gazlamalarni farqlay oladi, kimyoviy tolali gazlamalardan savatda “Kuzgi gullar” kompozitsiyasini tayyorlay oladi, kiyim haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladi, tikiladigan kiyim uchun gazlama va fason tanlay oladi, to‘y va bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yarata oladi, qo‘lda bajariladigan ishlarning texnik shartlarni qo‘llay oladi, merejka usulida tika oladi, elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi, maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalaridan foydalana oladi, parallel zig-zag, mayda va yirik bahya qator tika oladi, izma (petlya) tika oladi, turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |