Respublika ta ’lim markazi
direktorining
2022-yil
j£,
maydagi
3 i
-sonli
buy rug ‘iga 1-ilova
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI ILMIY KENGASHI
TO‘G‘RISIDA NIZOM
I.
UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Respublika ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)
Ilmiy Kengashi faoliyati (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tartibini belgilaydi.
2. Kengash Markazning doimiy faoliyat yurituvchi
oliy lcollegial organi
hisoblanadi.
3. Kengash 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinmg qaror va farmoyishlari, Xalq
ta’limi vazirligining Hay’at qarorlari
va buyruqlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’lim vazirligi to ‘g ‘risidagi Nizom, Respublika ta’lim markazi Ustavi va ushbu
Nizom asosida faoliyat yuritadi.
4. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik,
mustaqillik, erkin filer,
kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish
tamoyillari asosida amalga oshiradi.
5. Mazkur Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar Kengash qarori bilan
kiritiladi.
II. ILMIY KENGASH VAKOLATLARI VA ASOSIY VAZIFALARI
6. Kengash Markaz faoliyatiga oid asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib
boradi. Jumladan:
ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishni metodik qo‘llab-quvvatlash va
umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim sifatini
oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar)
xalq ta’limi bo‘limlarining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq
metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
o ‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini
joriy etishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlami
amalga oshirish;
mazmun va sifat jihatdan xalqaro talablarga javob beradigan yangilangan
o‘quv reja va dasturlar asosida o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi
avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlarining bajarilishining tizimli monitoringini amalga
oshirish bo‘yicha metodik xizmat ko‘rsatish;
Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashda
konferensiyalar,
ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali xalq ta’limi sohasida
mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni yoyishda, xalq ta’limi tizimiga xorijiy
investitsiyalar va grantlarni jalb qilishda ishtirok etish;
markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, pullik ta’lim
xizmatlari ko‘rsatish, metodistlarning kasbiy kompetentliligini oshirish;
markazda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat
dasturlari, yillik rejalar va xalq
ta’limi vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o ‘z vaqtida
va sifatli bajarilishini ta’minlashda Markaz rahbarlari va xodimlarining shaxsiy
javobgarligini oshirish;
ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid
tegishli normativ,huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlarining Markaz zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish kabi
masalalarni hal qiladi.
Kengash Respublika ta’lim markazi vakolatiga taalluqli,
uning faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni
ko‘rishga haqli.