Respublika ta’lim markazi ilmiy kengashi to‘G‘risida nizom I. Umumiy qoidalar



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana14.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#798122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2 5269330796610591836



Respublika ta ’lim markazi
direktorining
2022-yil 
j£, 
maydagi 
3 i 
-sonli
buy rug ‘iga 1-ilova
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI ILMIY KENGASHI
TO‘G‘RISIDA NIZOM
I. 
UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Respublika ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) 
Ilmiy Kengashi faoliyati (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tartibini belgilaydi.
2. Kengash Markazning doimiy faoliyat yurituvchi oliy lcollegial organi 
hisoblanadi.
3. Kengash 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinmg qaror va farmoyishlari, Xalq 
ta’limi vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’lim vazirligi to ‘g ‘risidagi Nizom, Respublika ta’lim markazi Ustavi va ushbu 
Nizom asosida faoliyat yuritadi.
4. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin filer, 
kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish 
tamoyillari asosida amalga oshiradi.
5. Mazkur Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar Kengash qarori bilan 
kiritiladi.
II. ILMIY KENGASH VAKOLATLARI VA ASOSIY VAZIFALARI
6. Kengash Markaz faoliyatiga oid asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib 
boradi. Jumladan:
ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishni metodik qo‘llab-quvvatlash va 
umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) 
xalq ta’limi bo‘limlarining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq 
metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
o ‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini 
joriy etishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlami amalga oshirish;
mazmun va sifat jihatdan xalqaro talablarga javob beradigan yangilangan 
o‘quv reja va dasturlar asosida o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi 
avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlarining bajarilishining tizimli monitoringini amalga 
oshirish bo‘yicha metodik xizmat ko‘rsatish;
Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashda konferensiyalar
ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali xalq ta’limi sohasida


mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni yoyishda, xalq ta’limi tizimiga xorijiy 
investitsiyalar va grantlarni jalb qilishda ishtirok etish;
markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, pullik ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatish, metodistlarning kasbiy kompetentliligini oshirish;
markazda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va xalq 
ta’limi vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o ‘z vaqtida 
va sifatli bajarilishini ta’minlashda Markaz rahbarlari va xodimlarining shaxsiy 
javobgarligini oshirish;
ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid 
tegishli normativ,huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora- 
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlarining Markaz zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish kabi 
masalalarni hal qiladi.
Kengash Respublika ta’lim markazi vakolatiga taalluqli, uning faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni 
ko‘rishga haqli.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish