Respublika o`rta maxsus, kasb hunar ta`limi markazi



Download 11,29 Mb.
bet56/58
Sana29.12.2021
Hajmi11,29 Mb.
#84028
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Ma'ruza-chizmachilik

Deraza va eshiklar. Bino qurish paytida deraza va eshik o'rnilari qoldiriladi. Yirik panelli binolarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli, bir tavaqali, bir yarim tavaqaii, ikki tavaqali bo‘ladi (6.9- chizmada: a) deraza, b) eshik, с) ularning plandagi shartli tasviri).

Pechakalar. Bitta qozon orqaii bitta yoki bir nechta binolarni isitish markaziy, bevosita xonani pechka bilan isitish mahalliy isitish deyiladi.

Mo‘ri va veutilatsiya kanallari. Xonalarni mahalliy isitishda pechkalardan tutun chiqadigan m o'rkonlar bilan bir qatorda xonani shamoilatish maqsadida ventilatsiya kanallari quriladi (6.10- chizmada: a— mo‘rkonlar, b, с ~ ventilatsiya kanallari).

Sanitariya-texnik jihozlar. Binolami sovuq, issiq suvlar, gaz bilan ta’minlash va kanalizatsiya, shamoilatish hamda isitish vositalarida ishlatiladigan jihozlar sanitariya-texnik jihozlar deyiladi (6.11- chizmada: a) oshxona gazi, b) elektr plitalari, c) o'tinda suv isitgich, d) elektrda suv isitgich, e) idish yuvgich, f) rakovina, g) vanna, Л) unitaz, /) pissuar, k) dush).

Qurilish chizmalarini chizishda shartliiik va soddalashtirishiar. Kesimda materiallarni shtrixlash, isitish va sanitariya-texnik jihozlar, bino elementlari to‘g‘risida tushuncha oldingiz. Olgan bilimlaringiz asosida endi siz qurilish chizmalarini bemalol o‘qiy olishingiz mumkin. Buning uchun bosh plan, plan, fasad va qirqimlarning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuriting. Planda nimalar tasvirlanishini ko‘z oldingizga keltiring. Fasad va qrqmlarning bir-biridan farqini ajrating. Chizmalardagi shartliiik va soddalashtirishiar qanday bo'lishini eslang. Shundan keyin qurilish chizmalarini quyidagicha o'qishga o'ting:

1. Asosiy yozuvdan chizmada nima tasvirlanganligini, ya’ni turar joy, muassasa, muhandislik (injenerlik) qurilishi, qishloq xo‘jaligi, zavod yoki boshqa shu kabilarga oidligini aniqlang.

2. Plan, qirqimlar, fasadlar diqqat bilan o*rganiladi. Qirqimga tushgan yuzalar asosiy kontur chiziqda, qolganlari ingichka tutash chiziqlarda tasvirlanishiga ahamiyat bering.

3. Plan, fasad, qirqimlar o‘zaro solishtiriladi. Ulardagi bino elementlarining geometrik shakllari ko‘z oldiga keitiriladi. 0 ‘qishda qiyinchilik tug‘ilsa, ularning shartli grafik tasvirlariga murojaat qiling. Kimki, qurilish chizmalarini yaxshi tushunsa, ulami chizishda va o'qishda qiynalmasligi mumkin.

Qurilish chizmasini bajarish tartibi. 6.3- chizmada ikki qavatli turar joy binosining ikkinchi qavat plani berilgan, uni chizish bosqichlari quyidagicha:



1. Berilgan planga muvofiq tashqi va ichki ko'taruvchi devorlarning koordinatsiya o ‘q chiziqlari o'tkaziladi (6.12- a chizma). Vertikal o'qlari /, 2, 3, 4 raqamlar, gorizontat o‘qlami А, В, С harflar bilan belgilab olish uchun o ‘qlarga rejalash belgilari qo‘yib chiqiladi.

2. Devor va to ‘siq (parda devor) qalinliklari chizib chiqiladi (6.12- b chizma).

3. Eshik, deraza o ‘rnilari, sanitariya-texnik jihozlar, pechkalar, gaz plitaiari, zinapoyalar chiziladi (6.12- с chizma) va qirqimdagi ko‘taruvchi devorlar asosiy tutash yo‘g‘on chiziq bilan bajariladi.

4. Kerakli barcha o‘lcham chiziqlari va oMchamlari qo'yilib, eshiklaming ochilish tomonlari shartli ravishda ko‘rsatiladi (6.12- d chizma).



Endi I-I qirqimdagi yon fasadning bosqichlarda chizilishi bilan tanishib chiqiladi, uni chizish bosqichlari quyidagicha:

1. Vertikal ko'taruvchi devorlarning o‘q chiziqlari o'tkazib olinadi. Yer sathi, birinchi qavatning pol balandligi, ikkinchi qavat poli balandligining belgisi, karniz hamda ko‘taruvchi devorlarning rejalash belgilari qo'yib chiqiladi (6.13- a chizma).

2. Devor va to'siq qalinliklari, qavatlararo, chordoq yopmasi qalinliklari hamda tomning nishabi yasab olinadi (6.13- b chizma).

3. Deraza, eshik o'rnilari, zinapoyalar, poydevorlar chiziladi (6.13- с chizma).

4. Kerakli oicham lar qo‘yilib, qirqimga tushgan ko'taruvchi devorlar, poydevor kontur chizig'i, grunt profili asosiy tutash yo‘g‘on chiziqda tasvirlanadi (6.13- d chizma).



Plan va qirqimdagi yon fasadning chizilishi bilan tanishib chiqilgandan keyin fasadni chizishga o‘tiladi. Buning uchun oldin plan va qirqimdagi yon fasad chizib olinadi. Gorizontal o‘lchamlar plandan, vertikal o'lchamlar yon fasaddan olinadi. Birinchi va ikkkinchi qavatlardagi derazalar ustma-ust joylashishiga ahamiyat beriladi. Tom nishabi yon fasaddagi kabi bir xil bo‘lishi shart.

Shamoilatish kanallari va mo‘rilar ko‘rsatiladi (6.3-a chizma). Ba’zi bir yig'ma birikmalar kattalashtirilgan holda masshtabga binoan chizmaning bo‘sh joyiga chiqarib tasvirlanadi.

1. Qurilish chizmaiari nima uchun kerak?

2. Qurilish chizmalarida bino ko‘rinishlari qanday nomlanadi?

3. Qurilish chizmalariga qanday o'lchovdagi o'lchamlar qo'yiladi?

4. Sanitariya-texnikajihozlariga nimalar kiradi?

Download 11,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish