1. Yig’ish chizmalarini o’ish deganda nimani tushunasiz?
2. Detallar ajratish deb nimalarga aytiladi?
3. Detallarga ajratish jarayoni nimalardan iborat?
4. Detallarga ajratish ishining tartibini aytib bering?
5. Detallarga ajratishda asosiy yozuvni to’ldirish uchun zarur ma’lumotlar qaerdan olinadi ?
18-Mavzu: Loyihalash elementlari. Ijodiy mashqlar. Yaqqol tasvirlar va chizmalar.
Reja:
1. Loyihalash elementlari.
2. Ijodiy mashqlar.
3. Yaqqol tasvirlar va chizmalar.
Har qanday bino va inshoatni qurishda turli kasbdagi ishchilar qatnashadi. Shuning uchun har bir malakali quruvchi faqat o‘z kasbiga oid chizmalarnigina emas, balki umumiy chizmalarni o'qishni bilishi kerak. Bunday chizmalarga butun bino yoki inshoot chizmasi, plantar, fasadlar, qirqimlar kabilar kiradi.
Siz mashinasozlik chizmaiari, sxernalar to ‘g‘risida bilimlar oldingiz. Endi qurilish chizmaiari bilan tanishamiz. Mashinasozlik va qurilish chizmalarini chizish bir-biriga o‘xshaydi. Lekin qurilish chizmachiligining o‘ziga xos tomonlari bor.
Q urilish chizmaiari shartli grafik belgilarda chiziladi ( O‘zDSt 2.305 : 97). Qurilishda asosan loyiha chizmalariga binoan ish tashkil qilinadi. Loyiha topshirig‘i asosida texnik loyiha chizmaiari ishlab chiqiladi: qurilish uchastkasining bosh plani; binoning plani; qirqimlari; fasadlari.
Bosh pianlar. Bosh plantar asosiy loyiha hujjati hisoblanadi. Ularda ajratilgan obyekt hududining shakli, binoiarning joylashuvi, hududning boshqa hudud bilan va bosh ko'chaga qanday tutashganligi ko'rsatiladi. Asosiy qurilishga nisbatan yordamchi qurilishlar, o‘tqaziladigan daraxtlar, yoMaklar va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Bosh planda shimol (Sh) va janub (J) ni, shamolning ko‘proq esish tomonini ko‘rsatuvchi bclgilar tasvirlanadi. 6.1- chizmada maktab uchastkasining bosh plani tasvirlangan.
Qurilish chizmalarida asosan plan, fasad, qirqimlar tasvirlanadi. 6.2- chizmada H da plan, V da fasad, W da qirqimlar hosil bo'lishi ko'rsatilgan.
Binoning plani. Binoning plani deb uning gorizontal tekislikdagi tasviriga aytiladi. Unda xonaning deraza tokchalaridan biroz yuqoriroqdan fikran o'tkazilgan tekislik bilan qirqilganda hosil bo'ladigan qirqim tasvirlanadi (6.3- b chizma).
Planda bino xonalarining joylashishi, eshik, deraza, ko‘p qavatli binolarda zinapoya, mo‘rkonJar, sanitariya-texnika jihozlari ko'rsatiladi. Asosiy ko‘taruvchi, ya’ni qirqimga tushgan devorlar asosiy tutash yo‘g‘on chiziqda, qolgan bino elementlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Xonalarni ajratib turuvchi parda (yupqa) devorlar qirqimga tushgan bo‘lsa ham ular ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi.
Ko‘p qavatli binolarda qavatlardagi xonalar joylashishi turli xil bo'lsa, har qaysi qavat uchun alohida plan chiziladi. Ko‘p qavatli binolardagi xonalarning joylashishi bir xil bo‘lsa, eng yuqori qavat plani qirqimda ko'rsatiladi. Qurilish chizmalarida qirqimga tushgan devorlar shartli shtrixlanmasliklari mumkin. Tomning yopish plani ikki nuqtali shtrix chiziqda ko‘rsatilishi ham mumkin (6.3- b chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |