- Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi
- Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi XX asrning 70-yillarida AQShning Chikago universiteti professori M.Fridmen tomonidan yaratilgan.
- M. Fridmen iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mo‘’tadil va muntazam o‘sishini talab qiladi, degan ilmiy xulosani shakllantirdi.
- U nazorat ob’ekti sifatida M2 pul agregatini tanladi.
- M.Fridmenning ilmiy xulosasiga ko‘ra, pul massasining yillik 3-5 foiz darajasida o‘sishi iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni kuchaytiradi. Pul taklifining o‘sishi yiliga 3-5 foizdan yuqori bo‘lsa, unda inflyatsiya o‘sa boshlaydi, agar, iqtisodiyotda pul taklifining o‘sishi 3-5 foizdan kam bo‘lsa, yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur’ati pasaya boshlaydi.
- M. Fridmenning pul qoidasi o‘zining amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
- Xususan, muomaladagi pul massasining har yili 3-5 foizdan o‘sishini ko‘zlagan siyosat natijasida AQShda XX asrning 80-yillarida inflyatsiya darajasining yillik 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, YaIM hajmini esa, yiliga 3-5 foiz atrofida o‘sib borishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |